vivo X80 Pro smartfoni Geekbench va AnTuTu'da testdan o‘tdi

vivo X80 Pro smartfoni Geekbench va AnTuTu'da testdan o‘tdi

Yangi vivo smartfoni bir necha benchmarklarda ajoyib natijani qayd etdi. V2186A model raqamidagi qurilma Dimensity 9000 chipi bilan jihozlangan. 

Avvalgi vivo X70 Pro modeli Dimensity 1200 chipga ega ekanligini hisobga olasak, quyidagi natijalar vivo X80 Pro smartfoniga tegishli. 

AnTuTu'da qurilma umumiy 1,072,221 ballni qo‘lga kiritgan. Taqqolash uchun, Exynos 2200 chipi bilan jihozlangan Galaxy S22 Ultra smartfoni 968,359 ball to‘plagan edi. 

GeekBench'da vivo smartfoni bir yadroli testda 1248 ball, ko‘p yadroli testda esa 4191 ballni qo‘lga kiritgan. Ushbu natijalar ham Exynos 2200 chipi qayd etgan natijalardan yuqoriroq hisoblanadi. 

Shuningdek, AnTuTu benchmarki qurilma Android 12 operatsion tizimida ishlashi hamda 12/512GB xotira, 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi displeyga ega ekanligini ko‘rsatib berdi. 

O‘QING: Yangi iPhone modellarida ham barmoq izi skaneri bo‘lmaydi 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!