Vivo Xplay5S smartfoni: haqiqiy xitoy “mahluqi”

Vivo Xplay5S smartfoni: haqiqiy xitoy “mahluqi”

Qariyb ikki yil muqaddam Xitoyning Vivo kompaniyasi Xplay3S bilan smartfonlar olamida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lgan edi. U o‘sha vaqtdagi eng yuqori sig‘im – 2560 x 1440 piksel(quad HD yoki 2K)lik ekran bilan ta’minlandi. Bugunga kelib tarmoqlarda yanada kuchaytirilgan Vivo XplayS5 to‘g‘risidagi ayrim ma’lumotlar paydo bo‘ldi.

Internetda paydo bo‘lgan ikkita suratda Vivo Xplay5S smartfoni tasvirlangani taxmin qilinmoqda. Pushti rangdagi ifodalangan suratdan ko‘rish mumkinki, smartfon ekrani bir oz egilgan bo‘lib, kamerasi ob’yektivi ostiga barmoq izlarini skaner qilish datchigi o‘rnatilgan. Ikkinchi suratda esa smartfonning metal korpusi ifodalangan bo‘lib, tepa qismidagi 3,5 mm raz’yom uning dizaynida uyg‘unlik kasb etgan.

Xabarlarga ko‘ra, Vivo Xplay5S 4K formatdagi 6 dyumli (1 dyum – 2,54 sm) ekran bilan ta’minlanadi. Shuningdek, unga Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 4 Gb tezkor (operativ) va 64 Gb doimiy xotira o‘rnatiladi. Foto tasvirlarni lazerli avtofokus va ikkita LED-chaqnoq bilan ta’minlangan 21 megapikselli asosiy hamda 12 megapikselli old kamera orqali olish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi Vivo Xplay3S smartfoni 2013 yil dekabrida taqdim etilganiga qaramasdan, hozirga qadar obro‘sini yo‘qotmagan. Unda 6 dyum, 2K tiniqlikda ajrata olish xususiyatiga ega IPS-ekran, to‘rt yadro, Adreno 330 grafika nazoratchisi o‘rnatilgan Qualcomm Snapdragon 800 protsessoridan foydalanilgan. Uskuna 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotiraga ega bo‘lib, 13 megapikselli asosiy kamera bilan ta’minlangan.

Vivo Xplay3S

Vivo Xplay3S

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!