vivo Y33s smartfoni chiqdi

vivo Y33s smartfoni chiqdi

Kecha vivo kompaniyasi o‘zining Y33s hamyonbop smartfonini taqdim etdi. Smartfon 6.58 dyuymli FHD+ rezolyutsiyadagi displeyga ega. Displeyning yuqori qismida esa tomchisimon shakldagi 16MP selfi kamera joylashgan.

Orqa paneldagi kameralar modulidan 50MP asosiy kamera, 2MP sath kamera, 2MP makro kamera o‘rin olgan.

Smartfon MediaTek Helio G80 chipida ishlaydi hamda 8/128GB xotiraga ega. Qurilma xotirasini microSD bilan 1TB gacha kengaytirish mumkin.

vivo Y33s Android 11 operatsion tizimi hamda Funtouch OS 11.1 grafik qobig‘ida ishlaydi. Barmoq izi skaneri esa qurilmaning yon tomonida joylashgan. Smartfonda 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator bo‘lib, uni 18 vattda quvvatlash mumkin. Y33s Hindistonda 242 dollar narxda sotilishni boshladi.

O‘QING: vivo smartfonlari narxlari bilan tanishamiz (2021 yil, iyul)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.