vivo Y55 5G smartfoni taqdim etildi

vivo Y55 5G smartfoni taqdim etildi

O‘tgan oyda vivo kompaniyasi 6,000 mAs sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘lgan Y55s 5G smartfonini taqdim etgan edi. 

Endi kompaniya Y55 5G modelini sotuvga chiqardi. Qurilma Y55s modeli kabi FHD+ rezolyutsiyadagi 6.58 dyuymli LCD displeyi va 8MP selfi kameraga ega, biroq unga 5,000 mAs sig‘imli akkumulyator o‘rnatilgan. 

Orqa paneldagi kamera modulidan 50MP asosiy kamera, 2MP makro kamera va 2MP sath kamera o‘rin olgan. Qurilma Dimensity 700 chipida ishlaydi, shuningdek, u 4GB tezkor va 128GB doimiy xotiraga ega. 

Y55s 5G smartfoni Android 11 operatsion tizimiga asoslangan FuntouchOS 12 grafik qobig‘ida ishlaydi. 

5,000 mAs sig‘imli akkumulyator 18 vattda quvvatlanadi. Smartfon qora va ko‘k ranglarda taqdim etdi. Uning narxi 290 dollarni tashkil qiladi. 

O‘QING: Barcha iPhone 14 modellari 120Hz yangilanish chastotasida ishlovchi displey bilan jihozlanadi 

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!