Vivo'ning navbatdagi flagman smartfonlari qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Vivo'ning navbatdagi flagman smartfonlari qachon taqdim qilinishi ma'lum bo'ldi

Internetda Vivo kompaniyasining hali taqdim qilmagan X90 seriyasidagi smartfonlarning videolari tarqatib yuborildi. Ma'lum bo'lishicha, yangi qatorda X90, X90 Pro va X90 Pro+ modellari bo'ladi. Weibo ijtimoiy tarmoqlarida paydo bo'lgan videolarda esa biz Vivo X90 Pro+ modelining dizayni bilan tanishishimiz mumkin bo'ladi.

Vivo X90 Pro+ modelining qizil rangli modeli beixtiyor vivo X Fold+ buklamafonini eslatib yuboradi. Smartfonning Zeiss bilan hamkorlikdagi to'rtlik kamerasi yumaloq orol ichida joylashgan bo'lsa, LED chiroq orqa tomonning o'ng yuqori burchagidan o'rin olgan. Qolaversa, kamera ostida Xtreme Imagination so'zlari tushirilgan tasmani ham ko'rish mumkin.

Mish-mishlarga ko'ra, Vivo X90+ modeli hali taqdim qilinmagan Snapdragon 8 Gen 2 chipseti, 12GB operativ xotira bilan Android 13'da ishlaydi. Pro modelning o'zi esa Snapdragon 8+ Gen 1, oddiy model esa Dimensity 9200 bilan jihozlanishi mumkin.

Vivo o'zining X90 seriyasi 22-noyabrda TWS 3 seriyasidagi simsiz quloqchinlar bilan Xitoyda taqdim qilishi kutilmoqda. Aytish kerakki, smartfonlar uchun taqdimotdan avval, 14-noyabrdan boshlab oldindan buyurtma berish boshlanadi.

O'QING: Realme 10 5G taqdim etildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!