Vizitkaga joylangan mikrokompyuter taqdim etildi!

  •   DiMaX
  •  953
  •  27.12.2019 17:38

Vizitkaga joylangan mikrokompyuter taqdim etildi!

Biz avvalgi xabarlarimizda kattaligi mushtday ham chiqmaydigan kompyuter, dunyodagi eng mitti o‘yin noutbuki, eng mitti noutbuk-planshet kabilar haqida ma’lumotlar berganmiz. Lekin navbatdagi ishlanma yanada o‘zgacha: tashrif qog‘oziga joylangan kompyuterni tasavvur qila olasizmi?

O‘QING: Endi har qanday smartfonni atigi 150 dollar evaziga noutbukka aylantirish mumkin! (+video)

Jorj Xilliard ismli muhandis bir parcha qog‘ozni Linux boshqaruvi ostida ishlovchi to‘laqonli kompyuterga aylantirdi. Bu vizitkani tashqi xotira saqlagichi – fleshka o‘rnida ishlatish mumkin.

Linux tizimli vizitka-kompyuterning quvvati Raspberry Pi yoki Orange Pi kabilarga yetar-yetmas darajada. Chunki unga minimal miqdordagi, faqat eng zarur radiokomponentlar va mikrosxemalar o‘rnatilgan, xolos. Biroq, yaratuvchisining ta’kidlashicha, bu sxema konsepsiyasini o‘zgartirib, uning samaradorligini biroz ko‘tarish mumkin.

O‘QING: Bu qiziq: Odamlar ishonmagan 7 ta buyuk ixtiro haqida

Kartochka-kompyuterga atigi 8 megabayt hajmli xotira joylangan, ayni shu bo‘limga kichkinaroq dasturlarni o‘rnatish mumkin. Vizitkaga oldindan o‘rnatilgan Linux versiyasini yuklash uchun uni USB orqali kompyuterga ulash kifoya. Jorj Xilliardning so‘zlariga ko‘ra, uning xotirasiga ikkita Python matn interpretatori kiritilgan.

Ushbu mitti gadjetni fleshka sifatida ishlatish mumkin, ammo 8 megabaytgina joyga nima ham sig‘ardi... Lekin ishlab chiquvchi uni juda arzon – 2,88 dollarga baholagan.

Darvoqe, «Oxirzamon kompyuteri» hamda «Oxirzamon operatsion tizimi» haqidagi ma’lumotlardan xabaringiz bormidi?

O‘QING: Bitta uy narxida kompyuter sotuvga chiqdi, olasizmi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.