«VKontakte»da RF universitetlari ma’ruzalari onlayn-translyasiya qilinadi

  •   DiMaX
  •  871
  •  19.10.2017 11:39

«VKontakte»da RF universitetlari ma’ruzalari onlayn-translyasiya qilinadi

Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan ministrligi mamlakatning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridagi ilmiy ma’ruzalarni onlayn tarzda translyasiya qilishni yo‘lga qo‘ydi. Ular «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i orqali jonli efirda uzatiladi, deya xabar qiladi ministrlik sayti.

Ministrlikning mazkur ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy hamjamiyati orqali MGU, SPbGU, ITMO, MGTU, MAI, MFTI kabi ko‘plab ilg‘or universitetlardan translyasiya qilinadi.

Onlayn ma’ruzalar turli sohalarga mansub bo‘lib, ularning tartibi bilan «VKontakte»dagi Rossiya Federatsiyasi Ta’lim va fan ministrligi hamjamiyati sahifasi orqali batafsil tanishish mumkin.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri translyasiyalar ijtimoiy tarmoqning barcha foydalanuvchilari uchun ochiq tarzda yo‘lga qo‘yilgan.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.