«VKontakte»da 128 kishilik bepul videoqo‘ng‘iroq ishga tushdi: akkauntingiz bo‘lishi ham shartmas!

  •   DiMaX
  •  392
  •  11.09.2020 12:57

«VKontakte»da 128 kishilik bepul videoqo‘ng‘iroq ishga tushdi: akkauntingiz bo‘lishi ham shartmas!

Keyingi paytlarda bir qator messenjer va ijtimoiy tarmoqlar guruhli videoqo‘ng‘iroq funksiyasi joriy etilib kelayotir. Ularning safiga endi «VKontakte» ijtimoiy tarmog‘i ham qo‘shildi.

O‘QING: Telegram’ning Android, iOS va desktop versiyasi yangilandi: videoqo‘ng‘iroq va boshqa imkoniyatlar!

Aytish kerakki, VKontakte’da bir necha oy avval olti nafargacha foydalanuvchi ishtirokida videochat ishlay boshlagan edi. Endi esa tarmoq dasturchilari mazkur funksiyaning imkoniyatlarini kengaytirishdi. Ya’ni, navbatdagi yangilanish bilan «VKontakte» tarmog‘ida naq 128 nafargacha kishi bitta videokonferensiyada qatnasha oladigan bo‘ldi.

Uning ijobiy jihatlari ko‘p: avvalo, bu xizmat butkul bepul. Qolaversa, videoqo‘ng‘iroqlarning davomiyligi bo‘yicha umuman cheklov yo‘q. Shu bilan birga, videokonferensiya ishtirokchilariga ekranni demonstratsiya qilish imkoni mavjud.

Yana bir muhim afzalligi shundaki, «VKontakte» videokonferensiyasida qatnashish uchun bu tarmoqda akkauntingiz bo‘lishi ham talab etilmaydi! Qo‘ng‘iroq tashkilotchisi videosuhbat havolasini o‘ziga qulay bo‘lgan istalgan usulda kerakli odamlarga yuborishi mumkin. Uni qabul qilgan kishi esa videochatga qo‘shilish uchun o‘z ismini ko‘rsatishi kifoya.

O‘QING: Zipcall orqali istalgan brauzerda videoqo‘ng‘iroq qila olasiz – SMS-tasdiqlash yoki registratsiya ham shartmas!

Videokonferensiya davomida gapirayotgan kishi avtomatik tarzda yirik planda ko‘rsatiladi. Barcha ishtirokchilar ko‘rsatilgan jadvalga o‘tib, ulardan istalgan birini bosh ekranda mahkamlab qo‘yish imkoni bor.

Konferensiyaning barcha qatnashchilari o‘z ekranini ko‘rsatish va biror nimani gapirmoqchi ekanligini anglatish uchun «qo‘l ko‘tarish» opsiyasi taqdim etilgan. Chatda o‘zaro fayl almashish ham mumkin.

«VKontakte» videochatlariga smartfon yoki noutbukdan, qo‘shimcha ilova o‘rnatmasdan ulanish mumkin. Lekin tarmoqning mobil kliyenti foydalanuvchilariga qo‘shimcha funksiyalar, masalan – fonni almashtirish kabi imkoniyatlar ham taqdim etiladi.

O‘QING: «Yandeks.Telemost» videoqo‘ng‘iroq servisi taqdim etildi – Zoom’ning endi keragi yo‘q!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.