VPN Lite – iPhone va Android-smartfonlar uchun tezkor, bepul va reklamasiz ilova!

  •   DiMaX
  •  4602
  •  01.12.2018 15:16

VPN Lite – iPhone va Android-smartfonlar uchun tezkor, bepul va reklamasiz ilova!

Ayrim hollarda smartfonlarimizda ba’zi saytlar yoki internet-servislarni ochish qiyin bo‘lib qoladi. Agar bunga turli cheklovlar sababchi bo‘lsa, u holda VPN-ilovalar ko‘makka keladi.

O‘QING: VPN nima o‘zi?

KeepSolid kompaniyasi taqdim etgan yangi VPN servisi nafaqat o‘zining oddiyligi va qulayligi, balki bepulligi bilan ham e’tiborga sazovor. Undan foydalanish uchun telefon raqamingiz yoki elektron pochtangiz orqali registratsiyadan o‘tish talab etilmaydi. Bulardan tashqari, unda joningizga teguvchi reklamalar ham yo‘q.

VPN Lite ilovasini smartfoningizga o‘rnatib olganingizdan so‘ng dasturni ochish va yagona tugmachani bosish kifoya. Ikki soniyadan so‘ng telefoningiz VPN-serverga ulanadi va siz kirish cheklangan saytlarga ham anonim tarzda kiraverasiz.

KeepSolid kompaniyasining mazkur servisi foydalanuvchilarning loglarini saqlab qolmaydi. Bog‘lanish esa trafikni 128 bitlik shifrlash yordamida himoyalangan ulanish orqali amalga oshiriladi.

O‘QING: EHTIYoT BO‘LING: bepul VPN’larning yarmidan ko‘pi xavfli ekanligi aniqlandi!

VPN Lite tezlikni ham pasaytirmaydi: Speedtest unda 50 Mbit/soniyani ko‘rsatgan, bu esa VPN uchun juda yaxshi ko‘rsatkich.

Bepul rejimdan tashqari, VPN Lite ilovasida yana majburiy bo‘lmagan premial obuna ham mavjud – uning narxi yiliga 30 AQSh dollariga teng. Premial rejimning afzalliklari – u nafaqat AQShdagi server, balki dunyoning yana 70 ta mamlakatidagi 400 dan oshiq serverlar orqali ulanishni ta’minlaydi.

VPN Lite dasturini iOS-devayslar egalari mana bu, Android-qurilmalar sohiblari esa mana bu havola orqali yuklab olishlari mumkin.

O‘QING: O‘zbekistonda VPN va Proxy’dan foydalanganlik uchun jazo belgilandimi?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.