Vysor – Anroid telefonini kompyuter ekranlarida ko‘rsatuvchi dastur

Vysor – Anroid telefonini kompyuter ekranlarida ko‘rsatuvchi dastur

Telefonlarni kompyuter ekranlarida ko‘rish va boshqarish imkonini beruvchi dasturlar ko‘p,  ammo Vysor deb nomlangan yangi mobil dasturi qulayligi va ishlatish osonligi bilan ajralib turadi.  Dastur Allcast yaratuvchisi Koush tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib,  uning yordamida Android tizimida ishlovchi telefonlar ekranini Windows,  Linux yoki Apple kompyuterlariga ulash mumkin.  Uni ishlatish uchun telefonni USB orqali kompyuterga ulash va Chrome brauzeridan Vysor plaginini yuklab olish kifoya.  Shundan so‘ng siz telefoningizni kompyuter klaviaturasi va sichqonchasi yordamida boshqara olasiz.

Dastur yaratuvchisi Koushning aytishicha,  applikatsiyada ko‘pchilik payqamagan Vysor Share degan imkoniyat mavjud.  U bilan telefonni,  qanchalik uzoqda bo‘lmasin,  internet orqali kompyuterdan turib boshqarish mumkin.  Buning uchun telefon va kompyuterda dastur o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.  Ayni paytda dasturchilar kelajakda bir necha qurilmani shu yo‘l bilan boshqarish imkoniyatini yaratish ustida ishlashmoqda.

Vysor dasturini shu yerdan yuklab olishingiz mumkin.