WannaCry virusini yo‘q qilgan ekspert hibsga olindi

WannaCry virusini yo‘q qilgan ekspert hibsga olindi

Joriy yilning 12 mayida tarqalgan WannaCry ommaviy virusi Internet tarixidagi eng global kiber-tahdid bo‘lib, 150 dan oshiq davlatda yirik tashkilotlarga, oddiy fuqarolarga jiddiy zarar yetkazgan.

Virus qisqa muddat ichida to‘xtatilgan. Bu virusni 23 yoshlik britaniyalik tadqiqotchi Markus Xatchins to‘xtatib qolishga muvaffaq bo‘lgan edi.  

AQSh Federal tergov byurosi tomonidan Markus Xatchinsning o‘zi yaqinda xavfli hakker sifatida qo‘lga olindi. U internet tarmog‘ida 2014-2015 yillarda Kronos troyanini tarqatganlikda ayblanib qo‘lga olindi. Bu virus jahon miqyosida banklarning ma’lumotlar bazalaridan axborotlarni o‘g‘irlagan va jiddiy zarar yetkazgan.

Internetdagi hakkerlar olamida MalwareTech nomi bilan tanilgan tadqiqotchi Black Hat va DEF CON kiber-jinoyatchilar anjumanlarining faol a’zosi ekani aniqlangan va aynan shu anjumanlarda ishtirok etish uchun AQShga borgan. Hakker uyga qaytish chog‘ida Las Vegas aeroportida qo‘lga olingan.

Tergov jarayonlarida ma’lum bo‘lishicha, jinoiy guruh AlphaBay nomli savdo platformasida zararli dasturiy ta’minotlarni muntazam pullab kelgan. Markusning tan olishicha, u bir guruh hakkerlar bilan birga Kronos virusini yaratgan va $7 ming dollarga pullagan.