Web 3.0 uchun ilk qadam: TON saytlari va proksilari ishga tushirildi

Web 3.0 uchun ilk qadam: TON saytlari va proksilari ishga tushirildi

Telegram tomonidan yaratilgan TON blokcheyni jamg'armasi kecha TON saytlari va TON Proxy'ni taqdim qildi. Ushbu texnologiyalar uchinchi avlod interneti - Web 3.0'ning asosiy komponentlari bo'lib, ular bilan yaratilgan saytlar mutlaqo markazlashmagan, xavfsiz va maxfiy bo'ladi.

Ma'lum bo'lishicha, TON saytlari domen nomlari uchun markazlashmagan TON DNS'dan foydalanadi. Bunday saytlar uchun alohida dasturlar kerak bo'lmaydi: foydalanuvchilar TON saytlarini to'g'ridan-to'g'ri o'zlarining brauzerlarida ochishlari mumkin.

Yanada tushunarliroq qilib aytganda, Telegram'da hech kimga tegishli bo'lmagan, kriptografiya bilan himoyalagan, taqiqlab yoki buzib bo'lmaydigan "Internet" yaratilmoqda.

O'QING: Aloqa operatori bugungi kun munosabati bilan bepul MBlar ulashmoqda