Web & UX/UI bo‘yicha shogirdlikka qabul boshlandi

  •   DiMaX
  •  764
  •  01.12.2020 09:57

Web & UX/UI bo‘yicha shogirdlikka qabul boshlandi

Millionlar topmoqchimisan — Millionlar topgandan ta’lim ol.
Dizayner bo‘lmoqchimisan? Haqiqiy dizaynerdan ta’lim ol.

Mentors (ustozlar):

  • Mavlonbek Po‘latov
  • Shoxrux Raxmatov
  • Odilbek Nurmatov
  • Sarvarbek Abdupattoyev
  • Rahimjon Gaziyev

Web & UX/UI bo‘yicha shogirdlikka qabul boshlandi

RedFox akademiyasi o‘quvchilarni tayyorlashda eng samarali uslub bo‘lmish ustoz-shogird metodikasi asosida kadrlarni 0 (nol)dan mutaxassis darajasiga tayyorlaydigan Respublikadagi eng katta dizayn studiyadir.

RedFox akademiyasi — RedFox Dizayn studiya qoshida tashkillangan Ustoz-shogird metodikasi bo‘yicha dizaynerlarni 0 (nol)dan mutaxassis darajasigacha tayyorlaydigan loyihadir.

Respublikamizda dizayn sohasiga bo‘lgan talab haddan tashqari ortib borayotgani sababli, dizayn studiyani o‘ziga ham doim mutaxassislar kerak bo‘lgan. Tabiiyki hech bir o‘quv dargohi bu sohani «advanced» darajada mutaxassis tayyorlamaydi. Shuning uchun, malakali web-dizaynerlarni tayyorlash uchun mazkur akademiya tashkillangan.

RedFox dizayn studiyasida bir yoki bir qancha ustozlar yordamida quyidagi dasturlarni o‘rganishingiz mumkin:

  • Figma
  • Adobe XD
  • InVision

Web & UX/UI Texnologiyalardan:

  • User mapping
  • Warframe
  • UX (user experience)
  • User interface
  • UI kit tayyorlash
  • Design system
  • Prototype
  • Typography

Akademiyada tahsil olib, nima ishlar qila olishingiz mumkinligi haqida, jamoamiz tayyorlagan ishlarni ko‘ring, siz ham shunday tayyorlay olishingiz mumkin: Behance/redfoxuz

Sizni ham real buyurtmalar asosida topshirilgan muvaffaqiyatli loyihalaringiz, dizayn studiyaning Portfolio kanaliga ismingiz bilan joylab boriladi.

Eslatib o‘tamiz, RedFox dizayn studiyasi o‘quv markazi emas. O‘qituvchi tomonidan, bir necha soatda dars o‘tib ketish tizimi RedFox’da umuman mavjud emas.

Hammasi to‘liq amaliyot va to‘laqonli Ustoz-shogird metodikasi asosida kun davomida o‘rgatiladi.

Oddiyroq qilib aytganda, RedFox – yoshlarning rivojlanishi uchun ajoyib muhit hozirlab bergan dizayn studiya.

Chunki studiya muhiti va studiyadagi ko‘plab ustozlar hamda tajribali dizaynerlar bilan jamoaviy ishlagan holda, dizayn salohiyatni qisqa vaqtda ortishiga juda katta yordam beradi. Bunday kuchli jamoada, jamoa ruhiyatidan shaxsiy rivojlanishga shubhasiz hissa qo‘shadi.

RedFox tomonidan tavsiya etilgan akademik muddat tajribalar asosida 1,5 yil etib belgilangan.

Noldan daromadgacha chiqish muddati eng tez 6-8 oy, o‘rta xisobda 1-1,5 yil. Eng uzog‘i 2 yilda ish bera oladigan darajaga chiqish mumkin. Lekin hozirgi kunda bu sohaga shu qadar talab kattaki, hatto dizayn tayyorlashni bilmaydiganlarni ham ishga qabul qilishyapti ekan, ya’ni yaqin 1 yil ichida arzimagan pul topish muhim bo‘lsa, studiyani tark qilgan holda, minglagan taklif qilayotgan tashkilotlarga ishga joylashishingiz ham mumkin. Bunga studiya hech qachon qarshilik bildirmaydi.

Har kimning tanlov va qarori o‘zida

Studiyada malakali ustozlar ro‘yxati:

  1. Mavlonbek Po‘latov
    @frilansus loyihasidagi darajasi ⭐⭐⭐⭐⭐ 5 yulduz. Kuchli Top - 10 dizaynerlar ro‘yxatida 1-o‘rinida. Tajriba 2 yil.
  2. Sarvarbek Abdupattoyev
    @frilansus loyihasidagi darajasi ⭐⭐⭐⭐ 4 yulduz. Kuchli Top-10 dizaynerlar ro‘yxatida 4-o‘rinda. Tajriba 1 yil.
  3. Rahimjon Gaziyev
    @frilansus loyihasidagi darajasi ⭐⭐⭐ 3 yulduz. Kuchli Top-10 dizaynerlar ro‘yxatida 5-o‘rinda. Tajriba 15 yil.
  4. Shoxrux Raxmatov
    @frilansus loyihasidagi darajasi ⭐⭐⭐ 3 yulduz. Kuchli Top-10 dizaynerlar ro‘yxatida 9-o‘rinda. Tajriba 4 yil.
  5. Odilbek Nurmatov
    @frilansus loyihasidagi darajasi ⭐⭐⭐ 3 yulduz. Kuchli Top-10 dizaynerlar ro‘yxatida 7-o‘rinda. Tajriba 3 yil.

Ta’lim vaqtlari: 24/7

🎁 Afzallik: Rivojlanib borayotgan katta dizayn studiya hamda kuchli jamoa ruhiyati.

️ Onlayn shogird umuman olmaymiz.

Zerikarli soxtaliklardan charchaganlar uchun, real va kreativ hayotga taklif qilamiz :)

Murojat uchun telefon: +998977785008
Telegram orqali ro‘yxatdan o‘ting: @redfoxsuhbat

Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Farovon 3-tor ko‘cha, 2 uy.
Mo‘ljal: Yangi Tashmi Makro chorrahasi. Yoki location orqali toping.

 Joylar to‘lish ehtimoli 2021 yilgacha, ulgurib qolganlar uchun #shogird2021 loyihasida 1 yilda mutaxassis bo‘lish imkoniyati bor.

Reklama huquqi asosida

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!