WhatsApp asoschisi jiddiy sabab bilan Facebook’dan chiqib ketishga chaqirmoqda

  •   DiMaX
  •  2495
  •  18.03.2019 16:46

WhatsApp asoschisi jiddiy sabab bilan Facebook’dan chiqib ketishga chaqirmoqda

Kuni kecha Stenford universiteti talabalari oldida chiqish qilgan Brayan Ekton o‘z nutqida Facebook’ni tanqid qildi. Aytish kerakki, 2009 yili u Yan Kum bilan birgalikda WhatsApp messenjerini yaratgan edi.

O‘QING: WhatsApp o‘n yoshda: uning asosiy yutuqlariga nazar (+video)

Brayan Ekton so‘zlariga ko‘ra, Facebook o‘z foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlarini sotadi. U talabalarga mazkur ijtimoiy tarmoqdan chiqib ketishni tavsiya etdi.

Xabaringiz borki, Facebook kompaniyasi 2014 yili WhatsApp servisini 22 milliard dollarga sotib olgan va uning asoschilarini ham ishga yollagan edi. Ammo Ekton ushbu jamoani 2017 yilning noyabrida, Yan Kum esa 2018 yilning may oyida tark etgan edilar. Bu ikkovlonda ham Facebook menejmenti va shaxsan Mark Sukerberg bilan kelishmovchiliklar bo‘lgan. Zero, kompaniya WhatsApp’dan pul ishlashning o‘ziga xos usuli – foydalanuvchilarga shaxsga yo‘naltirilgan reklama ko‘rsatishni taklif etgan edi. Telegram asoschisi Pavel Durov xuddi shu usul sababli WhatsApp va Facebook’ni jiddiy ayblagan edi.

Shuningdek, Brayan Ekton messenjerning Facebook’ka sotilishidan juda xursand bo‘lmaganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, WhatsApp ustida ellik nafar kishi ishlagan va ularning har biri ushbu savdodan o‘z ulushini olgan.

O‘QING: WhatsApp uzoq kutilgan imkoniyatga ega bo‘lyapti!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.