WhatsApp’da GIF-animatsiyalar qidiruvi joriy etiladi

WhatsApp’da GIF-animatsiyalar qidiruvi joriy etiladi

WhatsApp messenjerining Android’dagi uskunalar uchun yangi beta-versiyasida animatsion tasvirlarning tezkor qidiruvi funksiyasi paydo bo‘ldi. Endi bitta xabarda 30 taga fayl jo‘natish mumkin, deb xabar beradi Daryo.uz.

Androidpolice saytining bildirishicha, 2.17.6 beta versiyadagi WhatsApp’da GIF-tasvirlar qidiruvi joriy etildi. Ularni emodzi smayliklari qatoridan topish mumkin. Tugma bosilganida, mashhur animatsiyalar ro‘yxati ochiladi. Shuningdek, kerakli rasmni qidiruvga berib topish mumkin bo‘ladi.

GIF-fayllar kutubxonasi animatsion tasvirlar to‘plangan ikki mashhur servis — Giphy va Tenor’dan to‘planadi.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!