WhatsApp’dagi yozishmalaringizni o‘qiy olishadi, bundan himoyalanish yo‘lini o‘rganib qo‘ying!

  •   DiMaX
  •  1167
  •  21.02.2019 15:12

WhatsApp’dagi yozishmalaringizni o‘qiy olishadi, bundan himoyalanish yo‘lini o‘rganib qo‘ying!

Joriy yilning fevral oyi boshida WhatsApp messenjeri yangilanib, biometrik ma’lumotlar orqali ochiladigan bo‘lgandi. Ammo ayni shunisi o‘zining zarariga ishlab, himoyada «tirqish» paydo bo‘lgan.

O‘QING: WhatsApp’da uzoq kutilgan yangilanish: endi uni barmoq izi va yuz skanerlari orqali ham qulflay olasiz!

Ma’lum bo‘lishicha, barmoq izi yoki qiyofa skaneri orqali qulflangan bo‘lsa-da, WhatsApp’dagi chatlarni ko‘rish uchun bir nechta oddiy harakatni amalga oshirish kifoya ekan. Reddit foydalanuvchilarining yozishlaricha, biror faylni, hujjatni yoki suratni WhatsApp orqali yubormoqchi bo‘lsangiz, bu messenjerda FaceID yoki TouchID orqali shaxsingizni tasdiqlash talab etilmas ekan. U orqali jo‘natishga urinishdan keyinoq WhatsApp ilovasi ochilaveradi.

To‘g‘ri, himoyadagi ushbu «tuynuk»dan foydalanish va WhatsApp’dagi yozishmalaringizni ko‘rish uchun g‘araz niyatli shaxslar dastlab smartfoningizni qo‘lga kiritishi kerak bo‘ladi. Lekin baribir shunaqa bo‘lishi ham ehtimoldan xoli emasligini inobatga olib, WhatsApp’ingizda bir lahzada bloklanish funksiyasini yoqib qo‘yishingiz lozim.

Buning uchun esa WhatsApp’ning «Sozlamalar»idagi quyidagi bo‘limga kirasiz: «Nastroyki» – «Uchetnaya zapis» – «Konfidensialnost» – «Blokirovka ekrana». Mana shu yerdagi messenjerning bloklanish opsiyasida «bir lahzada» («nemedlenno») bandini belgilab qo‘yasiz. Qarabsizki – smartfoningizni kimdir qo‘lga kiritib, uning qulfini ocha olsa ham, u WhatsApp’dagi yozishmalaringizni ko‘ra olmaydi.

O‘QING: WhatsApp’dan foydalaning. Telegram, Facebook Messenger va Google Allo’ga ishonch yo‘q!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.