WhatsApp endi mana shu smartfonlarda ishlamaydi

  •   DiMaX
  •  1474
  •  19.12.2020 12:21

WhatsApp endi mana shu smartfonlarda ishlamaydi

Dunyodagi eng ommabop messenjer bo‘lgan WhatsApp yaqinda TikTok  ilovasini yengib, birinchi o‘ringa chiqib olgan edi. Kuni kecha esa uning jamoasi ushbu dasturni ayrim smartfonlarda qo‘llab-quvvatlash to‘xtatilayotganini e’lon qildi.

O‘QING: Prezident xalqqa o‘z Telegram va WhatsApp raqamlarini berdi: «Meni ham guruhingizga qo‘shib qo‘ying!»

Xabarlarga ko‘ra, Android 4.0.2 hamda iOS 8, shuningdek, bulardan oldingi talqinlarda operatsion tizimlarda ishlayotgan mobil qurilmalarda WhatsApp qo‘llab-quvvatlovi tugatiladi. Ya’ni, ushbu messenjerdan foydalanish uchun telefoningiz kamida Android 4.0.3 Ice Cream Sandwich yoki iOS 9 operatsion tizim talqinigacha yangilangan bo‘lishi lozim.

To‘g‘ri, hozirda aksariyat smartfonlar allaqachon bulardan ancha yangi versiyalardagi operatsion tizimlargacha yangilangan. Lekin turli sabablarga ko‘ra yangilanmay qolgan modellar ham mavjud.

Ular qatoriga ommabop modellardan iPhone 4 va undan oldingi ayfonlar, Samsung Galaxy S2, HTC Desire, LG Optimus Black, Motorola Droid Razr kabilar ham kiradi.

O‘QING: Pullik ilovalarni tekinga yuklaymiz (1-qism)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!