WhatsApp endi mutlaqo tekin

WhatsApp endi mutlaqo tekin

Mashhur messenjerlardan biri WhatsApp endi mutlaqo tekin bo‘ldi. Bu haqida loyiha asoschisi Yan Kum e’lon qilgan.

The Next Web nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya daromad qilishning yangi tizimini tanladi. Kum mazkur yangilikni Myunxenda o‘tkazilgan Digital-Life-Design konferensiyasida ma’lum qilgan. Uning aytishicha, xizmat yillik to‘lovni ham bekor qiladi.

Sinalgan tajriba

To‘lov xizmati tizimining bunday ko‘rinishdagi uslubga o‘tishi avvalroq Facebook ijtimoiy tarmog‘ida qo‘llanilgan. 99 sentlik to‘lov ikki yildan so‘ng bepul qilib belgilangan. Bunday yondoshuv kompaniya iqtisodiga bir oz ta’sir qilishi mumkin, biroq foydalanuvchilar sonining yanada ortishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, bu rivojlanayotgan davlatlardagi foydalanuvchilar uchun ham ayni muddao.

WhatsAp`dan necha kishi foydalanadi?

WhatsApp ilovasi dunyoda mashhurligi bo‘yicha ikkinchi loyiha sanaladi. Hozirda uning oylik auditoriyasi 900 million foydalanuvchini tashkil etgan. Biroq keyingi paytlarda messenjer foydalanuvchilari soni kamayib borayotgani ta’kidlanmoqda.