WhatsApp faol foydalanuvchilari soni milliardga yetdi

WhatsApp faol foydalanuvchilari soni milliardga yetdi

Bu haqda lenta.ru xabar bermoqda. WhatsApp ilovasi 53 tilda va 7 mobil platformada ishlaydi. Har kuni messenjerdan 42 mlrd xabar, 1,6 mlrd rasm va 250 mln videoyozuvlar jo‘natiladi.

WhatsApp sobiq xaker Yan Kum tomonidan 2009 yilda yaratilgan. Keyinchalik unga Yahoo kompaniyasi xodimi Brayan Ekton hamkorlik qilgan.

2011 yilda iOS uchun pulli ilovalar orasida eng mashhur ijtimoiy ilova WhatsApp ekanligi aniqlangan, messenjerni Android tizimiga 10 mln marta yuklab olingan. 2014 yilning fevralida WhatsAppni Facebook 19 mlrd dollarga sotib oldi.

2016 yilning yanvaridan boshlab messenjer tamoman bepul bo‘ldi. Shungacha yillik to‘lovi mavjud edi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!