WhatsApp hamda Instagram’da rebrending: nimalari o‘zgaryapti?

  •   DiMaX
  •  872
  •  05.08.2019 11:30

WhatsApp hamda Instagram’da rebrending: nimalari o‘zgaryapti?

Dunyodagi eng ommalashgan messenjer – WhatsApp ham, asosan foto hamda videolar ijtimoiy tarmog‘i – Instagram ham bitta kompaniyaga qarashli ekanini bilasiz. Ularga egalik qiluvchi Facebook kompaniyasi ushbu servislarida rebrending o‘tkazyapti.

O‘QING: Facebook, Instagram va WhatsApp ishlashida muammo yuzaga keldi!

O‘zgarishlar faqatgina ularning nomlariga tegishli: bu servislar endilikda tegishlicha «WhatsApp from Facebook» hamda «Instagram from Facebook» deb nomlanadi. Avvalroq Workplace va Oculus ilovalarida ham shunday bo‘lgan.

Nomlarning o‘zgarishi haqida har ikkala servis xodimlari allaqachon xabardor qilingan, bu ma’lumotni Facebook vakillari ham tasdiqlashgan.

Xabarga ko‘ra, foydalanuvchilarning qurilmalari ekranlarida ushbu ilovalarning nomlari avvalgicha qoladi. Lekin App Store hamda Google Play ilovalar kataloglarida ularning nomiga «from Facebook» qismi qo‘shiladi. Shuningdek, ushbu yozuv tez orada har ikkala dasturning zastavkalarida ham paydo bo‘lishi mumkin.

O‘QING: Markaziy Osiyo: qayerda qaysi messenjer ommalashgan?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!