WhatsApp "hushidan ketti" yoxud messenjerda butun dunyo bo‘ylab uzilishilar kuzatilmoqda

WhatsApp

Meta kompaniyasining WhatsApp messenjeri dunyo bo‘ylab ishlamay qoldi. Xizmat ishlashida Toshkent vaqti bilan 12:00 atrofidan boshlab muammolar kuzatila boshlagan bo‘lib, foydalanuvchilar ilovalarga kirganlarida "Ulanmoqda..." bilan qolib ketishgan. Hatto, xizmatning veb-platformasiga kompyuter orqali kirilganida ham "Kompyuteringiz faol internet aloqasi borligiga ishonch hosil qiling" chiqib qolmoqda.

Downdetector'ga ko‘ra, WhatsApp bilan bog‘liq muammolar haqida 60 000 dan ortiq shikoyatlar kelib tushgan va uzilish butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilarga ta’sir qilgan.

"Biz hozirda ba’zi odamlar xabar yuborishda muammoga duch kelayotganini bilamiz va biz WhatsApp'ni hamma uchun imkon qadar tezroq tiklashga harakat qilmoqdamiz", deydi Meta matbuot kotibi Joshua Brekman The Verge nashriga bergan bayonotida.

Ta’kidlash joizki, Bu WhatsApp'ning o‘tgan yildan beri ilk marta katta uzilishidir. O‘shanda nafaqat WhatsApp, balki Meta'ning Instagram, Messenger, Oculus va Facebook platformalari ommaviy ishlamay qolgan, tuzatish ishlari esa deyarli olti soat davom etgan edi.

Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent vaqti bilan soat 14:00 ga yaqin WhatsApp "ishga qaytgani" aytilmoqda.

O‘QING: Xabarlar siluyeti, topiklar va boshqalar. Navbatdagi Telegram yangilanishida bizni nimalar kutmoqda?

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!