WhatsApp messenjeri yaqinda yangi funksiyalarga ega bo‘ladi

WhatsApp messenjeri yaqinda yangi funksiyalarga ega bo‘ladi

WhatsApp messenjeriga keyingi yangilanishda bir qator funksiyalar qo‘shiladi, bular qatorida — ovozli pochta, qayta qo‘ng‘iroq qilish hamda ZIP-fayllarning o‘qilishi. Bu haqda, «Hi-Tech.Mail.ru» asoslanib, Daryo.uz yozmoqda.

WhatsApp’ning yangi funksiyalari ham Android, ham iOS uchun amal qiladi. Insayderlar faqat uchta yangi funksiya qo‘shilishini ma’lum qilmoqda.

Jumladan, javob berilmagan qo‘ng‘iroqlar uchun «Qayta qo‘ng‘iroq qilish» tugmasi qo‘shiladi. Undan dasturni ochmasdan turib foydalansa bo‘ladi.

Ovozli pochta ikki etapda ishlaydi: ovozli xabarni yozish va qo‘ng‘iroq payti uni yo‘llash. Bu funksiyadan bevosita qo‘ng‘iroq vaqtida foydalanish mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, ZIP-fayllarni o‘qish imkoniyati tug‘iladi. Messenjerning hozirgi versiyasi PDF, VCF, DOCX va DOCS formatlarini o‘qiy oladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!