WhatsApp orqali MP4-fayllarni ko‘chirib olmang – ularni xakerlar tarqatyapti!

  •   DiMaX
  •  704
  •  18.11.2019 16:31

WhatsApp orqali MP4-fayllarni ko‘chirib olmang – ularni xakerlar tarqatyapti!

Oxirgi vaqtlarda WhatsApp’ning boshi g‘alvadan chiqmay qoldi – bir hafta avval uning turli smartfonlar akkumulyatorini tez tugatib qo‘yishi aniqlangan edi. Endi esa bu messenjerning himoyasida yana bir nuqson aniqlandi.

O‘QING: Android-smartfonlar foydalanuvchilari uzoq kutgan imkoniyatni WhatsApp nihoyat taqdim etdi

Xullasi kalom, xakerlar maxsus tayyorlangan MP4 formatli fayllarni WhatsApp orqali tarqatishmoqda. Ushbu messenjerning Android-ilovasida ham, iOS-kliyentida ham mazkur muammo mavjud.

Ushbu MP4-faylni ko‘chirib olsangiz, smartfoningizga josuslik dasturlari o‘rnashib oladi. Xakerlar esa ular orqali sizni kuzatish, shaxsiy ma’lumotlaringizni olish imkoniga ega bo‘lishadi.

WhatsApp sozlamalariga ko‘ra mediafayllar o‘z-o‘zidan yuklanadigan holda turgan bo‘lsa, ushbu xavf barcha foydalanuvchilarga tahdid solyapti, deyish mumkin. Shu boisdan messenjeringiz sozlamalariga kirib, video, GIF va rasmli fayllarni avtomatik yuklanmaydigan qilib qo‘yganingiz ma’qul.

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?