WhatsApp o'zining yangi funksiyalarini 3D bilbordda ko'z-ko'z qilyapti

WhatsApp o'zining yangi funksiyalarini 3D bilbordda ko'z-ko'z qilyapti

O'zining yangilangan maxfiylik va xavfsizlik xususiyatlarini targ'ib qilish uchun WhatsApp Londonning eng taniqli joylaridan biri Piccadilly Lights'da 3D reklama joylashtirdi. Shuningdek, Meta kompaniyasiga tegishli bo'lgan taniqli messenjer xizmatining uzoq davom etgan reklamalari Twitch striming platformasi va Roblox onlayn o'yinini "egallab olgan".

Reklamada siz WhatsApp'ning xabarlarni shifrlash, siz xohlaganingizda yo'qolib ketadigan xabarlar va shifrlangan zaxiralash xususiyatlarini o'ziga xos 3D tasvirlarda ko'rishingiz mumkin.

"WhatsApp’da uchta yangi xususiyat joriy qilinganidan keyin, ushbu reklama WhatsApp xususiyatlari qavat-qavat himoya qatlamlarini qanday taqdim etishini va foydalanuvchilarga o'zlari qidirayotgan maxfiylik darajasini to'liq nazorat qilishini ko'rsatib beradi. Ham tashqi, ham raqamli reklamalar bilan biz WhatsApp'dagi xavfsiz joyda ishonch bilan, xavotirsiz xabar yuborishingiz mumkin bo'lgan yaqinlikni ta'kidlamoqchimiz." deydi WhatsApp brendining global rahbari Vivian Odior.

O'QING: Endi YouTube'ga ham yuzerneymlar qo‘shilmoqda