WhatsApp uzoq vaqtdan beri kutilayotgan funksiyani ishga tushiradi

WhatsApp uzoq vaqtdan beri kutilayotgan funksiyani ishga tushiradi

Kun.Uz‘ning xabariga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘iga tegishi WhatsApp mobil ilovasida yaqin orada GIF-suratlarni tomosha qilish imkoni paydo bo‘ladi. Aytish joizki, deyarli barcha ommaviy mesenjerlarda “gif”larni ko‘rish mumkin. Biroq, 1 mlrddan ortiq foydalanuvchi ishonchini qozona olgan WhatsApp faqat oddiy suratlarni ma’qul ko‘rib kelayotgan edi.

WhatsAppning iOS-qurilmalari uchun eng so‘nggi Beta ishlanmasida GIF suratlarni tomosha qilish mumkinligi aniqlandi.

Dasturdagi o‘zgarishlarni kuzatib borish bilan shug‘ullanuvchi @WABetaInfo Twitter-blogi mualliflarining yozishicha, dasturning 2.16.7.1 versiyasi GIF suratlarni avtomatik ravishda namoyish etadi. Bundan tashqari, suratlarning havolasini muloqot ekranida ko‘rsatadi.

WhatsAppning iOS platformasi uchun yangi tasnifi yaqin orada taqdim etiladi. Ehtimol, mobil ilovaning Android-mijozlari uchun ham tezda shunday imkoniyat taqdim etilsa kerak.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!