WhatsApp yaqinda sizga yoqmaydigan funksiya bilan yangilanadi

  •   DiMaX
  •  737
  •  02.11.2018 15:02

WhatsApp yaqinda sizga yoqmaydigan funksiya bilan yangilanadi

Dunyodagi eng keng tarqalgan WhatsApp messenjeri asoschilari unga hech qachon reklama qo‘shmoqchi emas edilar. Lekin mazkur servisni Facebook kompaniyasi sotib olgach, ko‘p narsa o‘zgardi...

O‘QING: Telegram asoschisi: «WhatsApp va Facebook o‘z foydalanuvchilarining ishonchini sotmoqda»

WhatsApp'ning yangi rahbari Kris Deniyels xabar qilishicha, yaqin orada ushbu messenjer orqali foydalanuvchilarga reklama ko‘rsatila boshlaydi. Bunda chatlar oynasi o‘zgarishsiz qoladi, reklama esa faqat «Status» varaqasida aks etadi. U mana shu yerda e’lon qilinganidan 24 soat o‘tib avtomatik tarzda yo‘qoladi.

Aytish kerakki, Facebook kompaniyasi xarid qilguniga qadar WhatsApp pulli edi – har bir foydalanuvchi uchun yiliga 99 sent. 2016 yili uni butkul bepul qilishdi, biroq Facebook undan moddiy foyda olishning boshqa yo‘lini izladi. Va nihoyat, servisga reklama qo‘shadigan bo‘lishdi, shu bois yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli WhatsApp asoschilari Brayan Ekton va Yan Kum bu jamoani tark etishdi.

Aytish kerakki, WhatsApp messenjerining iOS-ilovasi kodida reklamaga ishoralar shu yilning sentyabridayoq paydo bo‘lgandi. Shunga qaraganda, reklamalardan dastlab iPhone foydalanuvchilari «bahramand» bo‘lishadi, keyinroq esa bu funksiya Android-kliyentga ham qo‘shiladi. Ammo bu yangilanishlarning aniq vaqtini Facebook hozircha ma’lum qilmayapti.

O‘QING: Telegram asoschisi Pavel Durov yana WhatsApp va Facebook’ni jiddiy aybladi

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!