WhatsApp’da yirik apdeyt: yangi imkoniyatlar bilan tanishing! (+video)

  •   DiMaX
  •  1203
  •  02.07.2020 14:49

WhatsApp’da yirik apdeyt: yangi imkoniyatlar bilan tanishing! (+video)

Dunyodagi eng ommalashgan messenjer WhatsApp jamoasi unda katta yangilanishni amalga oshirdi. Bu haqdagi rasmiy xabarga ko‘ra, keyingi haftalar mobaynida ushbu ilovalarning barqaror versiyalarida bir qator yangi funksiyalar bo‘ladi.

O‘QING: Telegram’ning ommabop funksiyasini WhatsApp o‘g‘irlab, keyin yana yashirib qo‘ydi!

Avvalo, raqobatchi messenjer – Telegram foydalanuvchilariga allaqachon taqdim etilgan animatsiyali stikerlar, nihoyat, WhatsApp’da ham ishga tushadi. Hozircha esa bu imkoniyat Android hamda iOS uchun chiqarilgan kliyentlarining beta-versiyalaridagina mavjud.

Ikkinchidan, yangi kontaktlarni soddalashtirilgan usulda – QR-kod orqali qo‘shish imkoni taqdim etiladi. Bu bilan foydlanuvchilar telefon raqamlarini qo‘lda terib kiritish zaruratidan xalos etadi.

O‘QING: Zoom ham, Skype ham kerak emas: WhatsApp’da endi 50 kishilik videokonferensiya qila olasiz!

Uchinchidan, messenjerda guruhli videoqo‘ng‘iroqlar yaxshilangan. Guruhli videochat ishtirokchilari soni sakkiz nafarga yetgach, ulardan birining videosini to‘liq ekranga chiqarish mumkin bo‘ladi. Buning uchun kerakli suhbatdoshning videosi ustiga ozgina vaqt bosib turish kifoya qiladi. Bundan tashqari, sakkiz nafargacha kishi ishtirokidagi guruhli chatlarga videoqo‘ng‘iroq belgichasi qo‘shilyapti – bittagina belgini bosish bilan matnli yoki ovozli chatdan videochatga o‘tish mumkin bo‘ladi.

To‘rtinchidan, hozirda ommalashgan to‘qrang interfeys – tungi rejim endi WhatsApp Web hamda kompyuterlar uchun ishlangan WhatsApp dasturiga ham joriy etilyapti. Va nihoyat, KaiOS tizimli telefonlar egalari ham statuslar funksiyasidan foydalanishlari, 24 soatdan so‘ng g‘oyib bo‘luvchi yangilanishlarni ulashishlari mumkin bo‘ladi.

Demak, WhatsApp ilovasida yangilanishlarni tekshirib turing.

Ta’kidlash o‘rinliki, Telegram asoschisi Pavel Durov WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmasligini aytgan va sababini tushuntirgan. Bundan tashqari, u yana bir yirik servis haqida jiddiy bayonot bilan chiqish qilgan...

O‘QING: Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!