WhatsApp’dagi kontaktlar va yozishmalar Google’ga chiqib ketdi!

  •   DiMaX
  •  1004
  •  09.06.2020 13:42

WhatsApp’dagi kontaktlar va yozishmalar Google’ga chiqib ketdi!

Avvalroq BMT rahbariyati o‘z xodimlariga ish bo‘yicha muloqotlar hamda muhim xabarlashuvlar uchun WhatsApp ilovasining xavfidan ogohlantirgan edi. Bundan tashqari, Yevropa Komissiyasi ham amaldorlarga shu va yana ikkita ilovadan foydalanmaslikni tavsiya etgan.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling: eng ommabop messenjer orqali fayllaringizni o‘g‘irlash yo‘li topildi!

Axborot xavfsizligi mutaxassisi Atul Jayaram mazkur messenjerning himoyasidagi yana bir tirqishni aniqladi. Unga ko‘ra, WhatsApp funksiyalaridan biri tufayli messenjerdagi kontakt raqami va hatto u jo‘natgan xabar matni ham Google qidiruvida chiqar ekan!

Bu – Click to Chat nomli funksiya bo‘lib, unda kontaktlar ro‘yxatida saqlanmagan kishi bilan yozishish uchun QR-kod skaner qilinadi. Bunda «chaqirilayotgan» abonentning shaxsiy ma’lumotlari, ayrim hollarda esa hatto yozishmaning o‘zi ham qidiruv tizimida keshlanadi. Keyin esa Google orqali izlaganda ularni ko‘rish mumkin bo‘lib qoladi.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi 300 mingdan oshiq shunday kontaktlarning ma’lumotlarini topgan. Shunga qaramasdan, WhatsApp bu holatni foydalanuvchilarning xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rmayapti.

Ta’kidlash o‘rinliki, Telegram asoschisi Pavel Durov ham WhatsApp hech qachon xavfsiz bo‘la olmasligini aytgan va sababini tushuntirgan. Bundan tashqari, u yana bir yirik servis haqida jiddiy bayonot bilan chiqish qilgan...

O‘QING: Ushbu 17 ta ilovani smartfoningizdan hoziroq o‘chirishingiz kerak!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!