WhatsApp’dagi yozishmalarni ham Telegram’ga ko‘chirib o‘tkazgach, undagi akkauntimizni qanday o‘chiramiz?

  •   DiMaX
  •  651
  •  02.02.2021 12:34

WhatsApp’dagi yozishmalarni ham Telegram’ga ko‘chirib o‘tkazgach, undagi akkauntimizni qanday o‘chiramiz?

Telegram kuni kechagina yangilanib, unga boshqa messenjerlardagi yozishmalar tarixini import qilish imkoni ham qo‘shilgan. Bu borada aynan WhatsApp platformasidagi hamma narsani ko‘chirib o‘tkazish muhim, chunki Facebook kompaniyasi undagi ma’lumotlaringizni o‘zining boshqa ilovalariga ham uzatadi.

O‘QING: Telegram, WhatsApp va Viber’dagi o‘z profillarimizni yangi telefon raqamimizga qanday o‘tkazamiz?

Shu boisdan ham, hamma narsani ko‘chirib o‘tkazib bo‘lgach, WhatsApp’dagi akkauntni butkul o‘chirib yuborish maqsadga muvofiq. Quyida shuni qanday amalga oshirishni ko‘rib chiqamiz.

Buning uchun WhatsApp ilovangizdagi «Sozlamalar» – «Nastroyki»ni oching (Android versiyasida – bosh ekran yuqori o‘ng burchagidagi uchta nuqtani bosasiz) va «Akkaunt» bo‘limiga o‘ting.

Ro‘yxatning eng oxiridagi «Akkauntni o‘chirish», ya’ni «Udalit akkaunt» bandini tanlang. Shunda ogohlantiruv yozuvi chiqadi: unda bu ish mazkur platformadagi qayd yozuvingiz va yozishmalaringiz tarixi yo‘q bo‘lib ketishi, barcha guruhlardan chiqib ketishingiz aytilgan. Siz esa ularning barchasini Telegram’ga o‘tkazib olgansiz va bular endi sizni tashvishlantirmaydi. Shu boisdan ikkilanmasdan «Akkauntni o‘chirish», ya’ni «Udalit akkaunt» yozuvli qizil tugmachani bosasiz. Ushbu menyuda o‘zingizning telefon raqamingizni kiritib, tasdiqlashingiz ham kerak bo‘ladi.

Shundan so‘ng WhatsApp akkauntingiz butkul yo‘q bo‘lib ketadi va endi bu messenjerdagi foydalanuvchilarning kontaktlar ro‘yxatida nomingiz ham aks etmaydi.

O‘QING: O‘n beshta messenjerni birlashtiruvchi ilova chiqdi: Telegram, Twitter, Skype – barchasi bittada!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!