WhatsApp’ga yashirinib olgan «Agent Smit» virusi 25 millionta Android-smartfonni zararlagan!

  •   DiMaX
  •  553
  •  11.07.2019 15:47

WhatsApp’ga yashirinib olgan «Agent Smit» virusi 25 millionta Android-smartfonni zararlagan!

Isroilning kiberxavfsizlikka ixtisoslashgan Check Point kompaniyasi «Agent Smit» nomli yangi virusdan ogohlantirdi. Mazkur ziyonkor dastur Alibaba kompaniyasiga qarashli 9apps.com ilovalar do‘koni orqali tarqatilgan.

O‘QING: Ehtiyot bo‘ling: WhatsApp’da yangicha firibgarlik tarqalmoqda!

Xabarga ko‘ra, «Agent Smit» virusi allaqachon Android tizimi himoyasidagi zaifliklardan foydalanib kelayotir. Shu boisdan ekspertlar foydalanuvchilarga o‘z qurilmalarini so‘nggi versiyalargacha yangilab qo‘yishni tavsiya etishmoqda.

Forbes nashrining ta’kidlashicha, bu virus allaqachon Hindistondagi milliondan oshiq, AQSh va Buyuk Britaniyada esa yuz minglab smartfon va planshetlarga tushgan. Jami 25 milliondan oshiq foydalanuvchi «Agent Smit»dan jabrlanib ulgurgan.

Mazkur virusning ishlash prinsipi qurilmadagi ommabop ilovalardan birining belgichasini nusxalashga asoslangan. U asosan jonga teguvchi reklamalarni ko‘rsatishi bilan ma’lum, ammo Check Point mutaxassislariga ko‘ra, bunday dasturlar gadjetlarga boshqa ko‘plab usullar bilan zarar yetkaza oladi.

O‘QING: Smartfonlar ekrani o‘rtasida chiqib qoladigan begona reklamalarni o‘chirish usuli

«Agent Smit» odatda quyidagicha yuqadi: foydalanuvchi biror dasturni yuklab olganida, o‘g‘rincha tarzda u bilan birga virus kodi ham keladi. Keyin smartfonga oddiy Google yangilanishlari ko‘rinishida niqoblanib olgan ziyonkor dastur sezdirmasdan o‘zini-o‘zi o‘rnatadi. So‘ng esa virus WhatsApp yoki Opera ilovasining belgichasini o‘ziga almashtirib qo‘yadi.

Ayni paytda bu virusni tarqatayotganlar faqat chet ilovalar do‘konlaridan foydalanishmoqda. Biroq Check Point ekspertlari Google Play katalogida ham shunga o‘xshash 11 ta ilovani aniqlashgan.

Bu kabi viruslardan qutulish uchun, mutaxassislarning tavsiyasiga ko‘ra, ilovalarning sozlamalarini ko‘zdan kechirib chiqish kerak. Agarda u yerlarda Google Updater, Google Installer for U, Google Powers yoki Google Installer kabi nomlar uchrasa, bu dasturni o‘chirib tashlash kerak. Bunday ziyonkor dasturlardan himoyalanish uchun esa ilovalarni faqat Google Play katalogidan o‘rnatish lozim.

O‘QING: Torrent ishlatasizmi? Jiddiy hujumga tayyor turing!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!