WhatsApp’ning yangi siyosati Telegram’ga qanday foyda keltirdi?

  •   DiMaX
  •  1723
  •  11.01.2021 08:49

WhatsApp’ning yangi siyosati Telegram’ga qanday foyda keltirdi?

Dunyodagi eng ommabop messenjer – WhatsApp’ning foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomasiga kiritilgan o‘zgarishdan millionlab odamlar hayratga tushdi. Telegram asoschisi bo‘lgan Pavel Durov bu borada o‘z fikrlarini bildirdi.

O‘QING: Shazam shart emas: musiqalarni endi Telegram orqali tanib olish mumkin!

Unga ko‘ra, endi WhatsApp foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari Facebook’ga yetkazib turiladi. Bu esa bir necha yildan buyon davom etayotgan odamlarning WhatsApp’dan Telegram’ga «ko‘chib o‘tish» tezligini yanada oshirdi», degan Durov.Telegram asoschisi o‘zining messenjeri Facebook uchun jiddiy muammo bo‘lgani haqida ham gapirdi: «Eshitishimcha, Facebook ma’muriyati Telegram nega bu qadar mashhurligini aniqlash uchun butun boshli guruh tuzgan», deydi Durov.

Telegram asoschisi messenjerni yomonlab xabar tarqatuvchi botlar aniqlanganini ham ma’lum qildi. WhatsApp foydalanuvchilarning ma’lumotlarini Facebook’ga berishi haqidagi xabar butun dunyo bo‘ylab messenjerdan foydalanuvchilar tanqidiga sabab bo‘lgandi. Kompaniya bu ishni Facebook’ga tegishli ekani bilan izohlagan: «Facebook messenjerining bir qismi sifatida WhatsApp kompaniyaning boshqa tarmoqlaridan ma’lumotlar oladi va endilikda ularni ulashadi ham», deyilgandi WhatsApp bayonotida.

Dunyo bo‘ylab katta mashhurlikka erishgan WhatsApp messenjeri 2014 yil Facebook tomonidan 19 milliard dollarga sotib olingandi. O‘tgan yil oktyabrda AQSh Adliya vazirligi Facebook’ni WhatsApp va Instagram’ga egalik qilishi sabab monopollikda aybladi. Biroq Facebook bu savdolarni vazirlikning o‘zi tasdiqlaganini aytib, vaziyatdan chiqib ketdi. Telegram’ning dunyo bo‘ylab foydalanuvchilari soni 500 milliondan ko‘pligi aytiladi.

O‘QING: Pavel Durov: «Telegram pul ishlashni boshlaydi, lekin xizmatlari bepul bo‘lib qoladi!»

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.