Wi-Fi 7 eng birinchi Galaxy S24 smartfonlarida bo'ladi

Wi-Fi 7 eng birinchi Galaxy S24 smartfonlarida bo'ladi

Yaqinda Intel va Broadcom kompaniyalari hamkorlikda Wi-Fi 7 texnologiyasi avvalgilaridan 2.5-5 baravargacha tezroq ishlashini, yoxud 5 Gb/s tezlikka chiqishini ko'rsatib berishgan edi. Intel bunday texnologiyaga ega kompyuterlar 2023-yildan boshlab chiqarilishini ma'lum qilgan. Kompyuterlardan keyin esa smartfonlar yettinchi avlod Wi-Fi texnologiyasi bilan chiqariladi. DigiTimes'ning o'zining manbalariga asoslanib xabar berishicha (SamMobile orqali), Wi-Fi 7 texnologiyasiga ega smartfonlar 2024-yil ikkinchi yarmigacha paydo bo'lishi mumkin. 

Odatda Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi o'zining Galaxy smartfonlari uchun eng so'nggi versiyadagi Wi-Fi texnologiyalarini eng birinchilardan bo'lib o'rnatadi. Apple o'z flagmanlarini har yilning sentabrida chiqarilishini hisobga olsak, iPhone 15 seriyasi Wi-Fi 7 bilan chiqarilmasligi mumkin. Biroq, 2024-yil boshida chiqarilishi kutilayotgan Galaxy S24 seriyasidagi modellar esa Wi-Fi 7 texnologiyasiga ega bo'lgan birinchi smartfonlar bo'lishi mumkin.

Albatta, bunday yangi va tezkor texnologiyaga ega qurilmalar sezilarli darajada qimmatroq bo'lishi mumkin. Shuni hisobga olgan holda aytish mumkinki, Wi-Fi 7 faqat 2025-yilga kelib oddiy texnologiyaga aylanadi.

O'QING: Xiaomi Civi 2 qachon taqdim qilinishi rasman ma’lum qilindi