Wi-Fi parolini Android-smartfon orqali aniqlasa bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  47240
  •  19.06.2019 13:53

Wi-Fi parolini Android-smartfon orqali aniqlasa bo‘ladi!

Agarda smartfoningiz uyingizdagi yoki ishxonangizdagi internetga Wi-Fi router orqali ulangan bo‘lsa, odatda tarmoqning parolini eslab qolishga hojat bo‘lmaydi. Ammo biror mehmonni ulash uchun yoki boshqa sabab bilan Wi-Fi tarmog‘ining paroli kerak bo‘lib qolsa, shundagina uni unutib qo‘yganingizni payqaysiz...

O‘QING: Wi-Fi tarmog‘iga QR-kod orqali ulanish

Shunday hollarda Android tizimli smartfon yoki planshet yordamida parolni aniqlash imkoni mavjud. Buning uchun qurilmangizdagi tizim papkalarini ham ko‘rsata oladigan fayl menejeri kerak bo‘ladi.

Odatda smartfonning o‘zida taqdim etilgan standart fayl menejerlarida mazkur imkoniyat ko‘zda tutilmaydi. Shu bois biror chet fayl menejerini o‘rnatib olgan ma’qul, masalan – Root Browser ilovasini mana bu havola orqali yuklab olishingiz mumkin.

Demak, fayl menejerini o‘rnatib olgach, uni ochamiz va parolni aniqlash uchun quyidagi manzilga o‘tamiz: /data/misc/wifi/

Shu jild ichidagi wpa_supplicant.conf faylini topamiz – unda tarmoqqa aloqador barcha ma’lumotlarni, shu jumladan, biz izlayotgan parolni ham o‘z ichiga oladi.

O‘QING: Wi-Fi signalini yaxshilashning 5 ta ilmiy usuli

Demak, tahrirchi ilova – redaktor yordamida wpa_supplicant.conf faylini ochamiz.

Undagi psk="xxxxxxx" qatorini topamiz, bu yerda xxxxxxx deb belgilangani – sizning parolingiz bo‘ladi.

Darvoqe, smartfoningiz orqali qachonlardir qayerlardadir biror Wi-Fi tarmog‘iga ulangan bo‘lsangiz, ularning ham parollari shu faylning o‘zida saqlanib qolgan bo‘ladi. Tarmoq nomiga qarab, uning unutilgan parolini aniqlashingiz mumkin.

O‘QING: Bepul Wi-Fi nimasi bilan xavfli?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.