Wi-Fi parolini ulashish endi yanada osonlashmoqda!

  •   DiMaX
  •  1412
  •  21.01.2021 12:45

Wi-Fi parolini ulashish endi yanada osonlashmoqda!

Google kompaniyasi o‘zining yangi avlod – Android 12 mobil operatsion tizimini tayyorlamoqda. Ungacha yangilanuvchi birinchi smartfon esa hali Android 11 chiqmay turib, videosi bilan e’lon qilingan edi!

O‘QING: 2021 yilgi Android'lar borasida 10 bashorat

Dasturchilar va insayderlar o‘n ikkinchi avlod «yashil robotchali» tizimning o‘ziga xosliklarini aniqlab e’lon qilishda davom etishmoqda. XDA Developers hamjamiyatidagi havaskorlar Android 12 tizimida foydalanuvchilarga taqdim etiluvchi yana bir yengillikni topib olishdi.

Android Open Source Project loyihasining hujjatlarini o‘rganib chiqqan ushbu dasturchilarning aniqlashlaricha, Google yangi tizimda Wi-Fi parolini boshqa qurilmaga uzatishni osonlashtirmoqda. Bilamizki, ushbu parolni Android 10 va 11 tizimli smartfonlarda QR-kod yordamida ulashish mumkin, lekin bu usulning o‘ziga yarasha noqulayliklari ham bor. Masalan – bunda parolni uzatayotgan gadjetning ustida tutgancha, qabul qilayotgan devays bilan skanerlash lozim.

Android 12 talqiniga kelib esa Google dasturchilari bu jarayonni soddalashtirishgan – parolni endi Nearby Share funksiyasi orqali uzatish mumkin bo‘ladi. Aytish kerakki, Google mazkur funksiyani 2020 yil avgustda namoyish etgan bo‘lib, u Android 6.0 va undan yuqori talqindagi operatsion tizimli barcha qurilmalar orasida o‘zaro fayl almashish imkonini beradi.

Darvoqe, Wi-Fi tarmog‘iga parol o‘rnatish to‘g‘risida ushbu maqolamizdan, QR-kod orqali ulanish haqida mana bu maqolamizdan batafsil ma’lumot olish mumkin. Shuningdek...

O‘QING: Wi-Fi tarmog‘i parolini bilishning 5 usuli

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.