Wi-Fi’dan yuz marta tezkor Li-Fi texnologiyali smartfon tayyorlashyapti

  •   DiMaX
  •  1398
  •  12.08.2020 15:58

Wi-Fi’dan yuz marta tezkor Li-Fi texnologiyali smartfon tayyorlashyapti

Oppo kompaniyasi simsiz Li-Fi texnologiyasiga ega bo‘lgan smartfonni patentladi. Bu – ommabop Wi-Fi texnologiyasidan yuz karra tezkor bo‘lgan yangi avlod ma’lumot almashish interfeysidir, deb yozadi Let’s Go Digital.

O‘QING: O‘zbekistonda bitta shaharning barcha hududi bepul Wi-Fi bilan qamrab olinadi!

Nomi kengaytirilganda «Light Fidelity» bo‘lgan Li-Fi texnologiyasi ma’lumot uzatish uchun nurdan foydalanadi. Bunda signal manbasiga joylangan LED-chiroq yuqori chastotali lipillashlar chiqarish usuli bilan ma’lumot uzatadi. Signalni qabul qiluvchi qurilmada esa bu lipillashni qabul qilib, raqamli signalga aylantiruvchi maxsus fotoelement o‘rnatiladi.

Oppo patentida yuqori chastotali lipillashlarni uzatishga mo‘ljallangan ikkita fotoelementga ega smartfon tasvirlangan. Ulardan biri korpusning orqa panelida, ikkinchisi esa yuqori qirrasiga o‘rnatilgan. Bunday joylashuv smartfondan foydalanish paytida signal kaft bilan to‘silib qolmasligini ta’minlaydi.

O‘QING: Wi-Fi muqobili Li-Fi’ning 100 karra tezroq ishlashi ma’lum bo‘ldi

Li-Fi texnologiyasi yordamida ma’lumot uzatishning tezligi soniyasiga 20 gigabitga yetadi. Lekin uning o‘ziga xos kamchiliklari ham mavjud: bunday signal devordan o‘ta olmaydi, signal uzatishning maksimal uzoqligi esa 10 metrlar bo‘lishi mumkin.

Bundan tashqari, hozircha Li-Fi texnologiyasi butkul tayyor holga kelib ulgurmagan ham. Hozirgi ommabop texnologiyaning yangi avlodi – Wi-Fi 6 standarti keng yoyilganidan so‘nggina Li-Fi hayotga tatbiq etilishi mumkin. Shunday ekan, Oppo patentlagan smartfonni hali-veri ko‘rmymiz.

O‘QING: Uyingizda Wi-Fi tezligi pastmi? Ekspertlar aybdorlarni topishdi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!