Wikipedia'ning asosiy veb-sahifasi so‘nggi 10 yilda ilk marta yangilandi

Wikipedia'ning asosiy veb-sahifasi so‘nggi 10 yilda ilk marta yangilandi

Wikipedia 15-yanvarda 22 yoshga to‘lishi munosabati bilan sahifalar dizayniga yangilik kiritdi. Bu ensiklopediyaning kompyuterga mo‘ljallangan versiyasi uchun tatbiq qilingan so‘nggi 10 yildagi eng katta yangilik bo‘lib, u quyidagi o‘zgarishlarni o‘z ichiga oldi:

  • tasvirlar va tavsiflarni birlashtirgan yangi qidiruv usuli (bu platformada maqolalarni topishni osonlashtiradi);
  • tilni almashtirish vositalari endi yanada ko‘zga ko‘ringan joyga, yuqori o‘ng burchak tomonga ko‘chirilgan;
  • tizimga kirgan foydalanuvchilar uchun Qidiruv, Sahifa nomi va Boʻlimlar kabi tez-tez ishlatiladigan havolalar bilan yangilangan sarlavha endi sahifani pastga yoki tepaga aylantirganda ham yuqoriga yopishib turadi
  • sukut bo‘yicha mundarija endi yon tomonda joylashgan va bo‘limlar bo‘ylab harakatlanayotganda, tegishli bob tarkibda belgilanib turadi.

Yangilanish hozirda ingliz tili foydalanuvchlari uchun tarqatilmoqda. Wikimedia'ga ko‘ra, yangilanish allaqachon 318 tildan 300 tasida mavjud. Arab va yunon tili foydalanuvchilari uchun esa yangi dizayn avtomatik o‘rnatilgan odat bo‘yicha o‘rnatilgan.

"Wikipedia'ning o‘zgargan interfeysi "yangi avlod" internet foydalanuvchilari qulayligi uchun ishlab chiqilgan. Bu orqali internet bilan yaxshi tanish bo‘lmagan foydalanuvchilar ham ishonchli bilimlarni qidirib topishi osonlashadi." deyiladi Wikimedia'da.

O‘QING: Windows 10 uchun litsenziya olishga ulgurib qoling!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.