Windows 10 asosidagi eng arzon smartfon

Windows 10 asosidagi eng arzon smartfon

CES 2016 ko‘rgazmasiga tashrif buyurganlar juda ko‘p, rang-barang yangiliklarga guvoh bo‘lishmoqda. Alcatel kompaniyasi bu ko‘rgazmada o‘zining Windows 10 boshqaruvi asosida ishlovchi eng arzon smartfonini namoyish etdi. Alcatel OneTouch Fierce XL smartfonining aniq bahosi hozircha ma’lum emas. Kompaniya qurilma narxini rasmiy taqdimotidan so‘ng e’lon qilishni rejalashtirgan. Ekspertlar esa qurilmaning bahosi 150 AQSh dollaridan oshmasligini taxmin qilayapti.

TAVSIF

Albatta bahosi 150 AQSh dollari bo‘lgan smartfondan olamshumul imkoniyatlarni kutish qiyin. Biroq gadjetning temirdan ekanini dastlabki ijobiy jihat, deb belgilash mumkin.

Alcatel OneTouch Fierce XL smartfoni 5,5-dyuym IPS-ekran(ko‘rsatish qobiliyati 720×1280  nuqta), to‘rt yadroli, 1,1 GGs chastotatali Qualcomm Snapdragon 210 protsessor, 2 GB operativ xotira va 16 GB doimiy xotira kartasi bilan ta’minlangan.

Gadjet boshqa an’anaviy smartfonlar kabi ikkita kamerali. 8 MP asosiy kamera(720r) bilan daqiqasiga 30 ta kadr olish mumkin. Selfi hamda videochat uchun smartfonga 2 MP hajmli frontal kamera o‘rnatilgan.

Windows 10 boshqaruvi asosidagi Alcatel OneTouch Fierce XL tez orada Android`li egizagi bilan birga sotuvga chiqarilishi rejlashtirilgan. Bu borada aniq sana e’lon qilinmagan. Biroq ekspert va mutaxassislar smartfon joriy yilning birinchi choragida savdoga chiqarilishi mumkin, degan fikrda.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!