Windows 10 boshqa barcha versiyalaridan ko‘ra tezroq tarqalishi bashorat qilinmoqda

Windows 10 boshqa barcha versiyalaridan ko‘ra tezroq tarqalishi bashorat qilinmoqda

So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Windows 10 operatsion tizimi 110 mlndan ortiq qurilmaga yuklangan. Tahlillar yangi vindovs ommalashuvi to‘lqinsimon chiziq bo‘yicha borayotganini ko‘rsatmoqda.

Gartner tahliliy kompaniyasi keltirishicha, 2017 yil yanvariga borib korxona va tashkilotlardagi 50 foiz kompyuterlar Windows 10 tizimida ishlaydi.

Korxona-tashkilotlar yangi Windowsga o‘tishining bir qancha sabablarini tahlilchilar keltiryapti, ulardan biri yangi ishlab chiqariladigan dasturiy ilovalardir. Kompaniyadagilar bu jarayon 2009 yilda Windows 7ga o‘tishdan ko‘ra tezroq sur’atda kechishini aytmoqda.

Iste’molchi segmentidan esa 9 foiz kompyuterlarga Windows 10 o‘rnatilgani qayd qilindi. Kelgusida Windows 10dan foydalanishga o‘tadiganlar hozirda Windows 7 va 8ni ishlatayotganlardir.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!