Windows 10 foydalanuvchilariga Microsoft bu mahsulotini majburlab tiqishtiryapti!

  •   DiMaX
  •  742
  •  04.06.2020 18:19

Windows 10 foydalanuvchilariga Microsoft bu mahsulotini majburlab tiqishtiryapti!

O‘z kompyuteri va noutbukida Windows 10 tizimidan foydalanayotganlar yangilanishlar bilan birga Edge brauzerining yangilangan versiyasini ham olmoqdalar. Bunda tanlash imkoni ham yo‘q – ilovani «Windows yangilanishlar markazi» orqali majburan o‘tkazishyapti.

O‘QING: Brauzerlar reytingida kutilmagan o‘zgarish yuz berdi!

Microsoft odatda Edge brauzerining yangi versiyalarini Microsoft Store orqali tarqatar edi. Ammo Windows 10 operatsion tizimining so‘nggi – 1803, 1809, 1903 va 1909 raqamli jamlanmalarida ushbu dastur o‘z-o‘zidan yangilanib qolyapti. Ya’ni, tizim yangilanganida ushbu brauzerning so‘nggi talqini ham o‘z-o‘zidan o‘rnatilyapti. Buning oldini olish uchun esa Windows yangilanishlarini butkul bloklab qo‘yish kerak bo‘lar ekan.

Shunisi ham borki, qayta ishlangan Edge brauzeri ancha yaxshilangan: ishlash tezligi oshgan, u Google Chrome kengaytmalarini qo‘llab-quvvatlaydigan bo‘lgan. Shuningdek, dasturda Internet Explorer brauzeri emulyasiyasi rejimi ham paydo bo‘lgan.

O‘QING: Qaysi brauzerlar katta «operativka» talab etmaydi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!