Windows 10 kompyuter operatsion tizimlari bozorining chorak qismini band qildi

Windows 10 kompyuter operatsion tizimlari bozorining chorak qismini band qildi

Net Applications kompaniyasi 2017 yil yanvar oyi bo‘yicha jahon kompyuter operatsion tizimlari holati bo‘yicha statistikani e’lon qildi, deb xabar bermoqda 3D News nashri.

Windows 7 versiyasi haligacha eng keng tarqalgan PK operatsion tizimi nomini saqlab kelayotgan bo‘lsa-da, uning ulushi kundan-kunga kamayib kelmoqda. Hozir uning jahondagi ulushi 47,2 foizni tashkil qiladi (2015 yilda bu raqam 52,5 foizdan iborat bo‘lgan edi).

Windows 10 versiyasi esa bu orada o‘z pozitsiyalarini mustahkamlamoqda. Ayni vaqtda uning bozordagi ulushi 25,3 foizga yetgan. O‘tgan yilning shu davrida bu ko‘rsatkich 11,9 foizni qayd qilgan edi.

Windows XP versiyasi 9,2 % bilan kuchli uchlikka yakun yasagan. Umuman olganda, Microsoft`ga tegishli operatsion tizimlar jahon PK bozorining 91,4 foizini band qilgan. macOS 6,3% va Linux operatsion tizimi 2,3 % ulushga ega bo‘lgan.

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!