Windows 10 Mobile`ga ega bo‘luvchi smartfonlar ro‘yxati

Windows 10 Mobile`ga ega bo‘luvchi smartfonlar ro‘yxati

Microsoft kompaniyasi ilk bor Windows 10 Mobile operatsion tizimining yangi versiyasi o‘rnatiladigan mobil qurilmalar ro‘yxatini e’lon qildi, deya xabar berdi mobinfo.uz sayti.

Ro‘yxatdan Lumia tizimidagi mobil qurilmalar o‘rin olgan. Bular Lumia 430, Lumia 435, Lumia 532, Lumia 535, Lumia 540, Lumia 635, Lumia 640, Lumia 640 XL, Lumia 735, Lumia 830 va Lumia 930 smartfonlari. Vaqti kelib, bu qatorga boshqa modellar ham kiritiladi. Yangi tizimni qurilmaga o‘rnatish uchun smartfon xotirasida 1,5 Gb bo‘sh joy bo‘lishi talab etiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, operatsion tizim taqdimoti noyabr oyi yakunida o‘tkaziladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!