Windows 10 Mobile smartfonlar uchun yangilanishga tayyor

Windows 10 Mobile smartfonlar uchun yangilanishga tayyor

Avval ishlab chiqarilgan, Windows 8.1 operatsion sistemasi asosida ishlovchi Microsoft Lumia smartfonlari egalari yangilangan Windows 10 Mobile OSdan foydalanishlari mumkin. Bu haqda Windows rasmiy blogida ma’lum qilindi.

Mazkur ro‘yxatga quyidagi smartfonlar kiritildi:

Lumia 1520

Lumia 930

Lumia 640 / XL

Lumia 730

Lumia 735

Lumia 830

Lumia 532

Lumia 535

Lumia 540

Lumia 635 1GB

Lumia 636 1GB

Lumia 638 1GB

Lumia 430

Lumia 435

Shuningdek, BLU Win HD w510u, BLU Win HD LTE x150q, MCJ Madosma Q501.

Yangilanishlar nima beradi?

Imkoniyatlar safidan Continuum, Windows Hello va Cortana ovozli yordamchilar o‘rin olgan. Bir qator kamchiliklar ham bartaraf etilgan. Biroq OS faqatgina ingliz tilida taqdim etilgan, uning boshqa tillardagi talqini qachon chiqishi noma’lum.

Qanday yangilash mumkin?

Buning uchun avvalo smartfonning yangilanish uchun to‘g‘ri kelishini belgilab olish lozim. So‘ngra Update Advisor ilovasini yuklash talab qilinadi. Shundan keyin Windows 10ga yuklab olishga ruxsat berish tugmachasi bosiladi.

Doimiy xotirada joy hozirlash uchun avvaldan ma’lumotlarni SD-disk yoki OneDrive`ga ko‘chirib qo‘yish tavsiya qilinadi. Kompaniya qulaylik yaratish maqsadida qo‘llanma-rolikni ham e’lon qildi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!