Windows 10’ning navbatdagi yangilanishi iPhone egalariga ham muammolar olib keldi!

  •   DiMaX
  •  738
  •  19.11.2018 18:36

Windows 10’ning navbatdagi yangilanishi iPhone egalariga ham muammolar olib keldi!

Esingizda bo‘lsa, Windows 10 uchun oktyabr oyi boshida chiqarilgan yangilanish millionlab foydalanuvchilarning kompyuterlardagi jild va fayllarni o‘chirib yuborgandi. Oqibatda Microsoft kompaniyasi jamlanma raqami 1809 bo‘lgan ushbu apdeytni tarqatishni to‘xtatib, muammoni hal etib, qaytadan yangilay boshlagan, lekin...

O‘QING: Microsoft yana Windows 10’ni «mayib» qiluvchi yangilanish tarqatdi. Ammo bu muammoning yechimi bor!

Xullasi kalom, Windows 10 operatsion tizimining navbatdagi – 1809-raqamli versiyasida ham xatoliklar uchramoqda. Avvalo, iPhone egalarining aniqlashlaricha, kompyuterdagi tizimni yangilagach, ular o‘z albomlarini iCloud bilan sinxronlay olmayaptilar. Shuningdek, 1809-raqamli yangilanishdan so‘ng foydalanuvchilar kompyuterga iCloud’ni yangidan o‘rnatish imkonidan ham mahrum bo‘lishgan:

Apple hamda Microsoft kompaniyalari allaqachon bu muammodan xabardor ekanliklarini aytishgan. Ayni damda bu ikki gigantning mutaxassislari uni bartaraf etib, tegishli yangilanishni tezroq chiqarishga intilishmoqda.

Bundan tashqari, mazkur yangilanishdan so‘ng Windows 10 tizimida VPN orqali ulanishda, tashqi xotira qurilmalarini ulashda xatoliklar va boshqa ayrim baglar kuzatilmoqda. Bu kabi muammolarga duch kelmaslik uchun kompyuteringiz yoki noutbukingizda yangilanishlarni o‘chirib qo‘yishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Windows 10’ning avtomatik yangilanishini osongina o‘chirib, megabaytlar va resurslarni tejaymiz!