Windows 10 o‘rnatgandan so‘ng qilish shart bo‘lgan 7 ish

  •   DiMaX
  •  5313
  •  09.11.2019 13:45

Windows 10 o‘rnatgandan so‘ng qilish shart bo‘lgan 7 ish

O‘z kompyuteringiz yoki noutbukingizga ilk bor Windows 10 o‘rnatdingiz yoki o‘rnatilgan yangisini xarid qildingiz, deylik. Operatsion tizim tayyor, lekin unda ayrim sozlashlarni amalga oshirish, kerakli dasturlarni o‘rnatish ham lozim.

O‘QING: Microsoft kishilarni yangi Windows’ga o‘tishga majburlashning antiqa yo‘lini topdi

  1. Tizimni yangilab oling

Agarda noutbuk yoki kompyuteringiz hali kechagina ishlab chiqarilmagan bo‘lsa, unga zavodda o‘rnatilgan Windows 10 allaqachon eskirib bo‘lganligi ehtimoli yuqori. Shu boisdan tizimni yangilab olishingiz kerak – bu amal qurilmangizning ishlash tezligini oshirib, himoyasidagi «tirqish»larni yopadi.

Buning uchun Wi-Fi orqali barqaror va tezkor internetga ulanib, «Pusk» tugmachasi menyusidagi «Parametri»ni ochasiz. «Obnovleniya i bezopasnost» varaqasiga o‘tib, «Dostupnie obnovleniya»ni bosasiz va uyog‘i qiyin emas.

  1. Brauzer o‘rnating

Windows 10 tizimining o‘zida Microsoft Edge brauzeri o‘rnatilgan, lekin u planshet rejimida ishlashga ko‘proq qulay. Undan ko‘ra Chrome, Firefox, Opera yoki «Yandeks.Brauzer» o‘rnatib olganingiz ma’qulroq.

  1. Antivirus o‘rnatib qo‘ying

Yangi tizimning o‘zida Windows Defender antivirusi mavjud va ko‘pchilik foydalanuvchilarga bo‘laveradi. Lekin internet bilan, shuningdek boshqa xotira qurilmalari (fleshka va hokazo) bilan ishlaydigan bo‘lsangiz, qo‘shimcha himoya zarar qilmaydi. Bu borada ham tanlash imkoni katta: AVG, Avast!, Avira yoki «Kasperskiy antivirusi»dan birini tanlash mumkin.

O‘QING: Kompyuter va noutbukni fleshka va qattiq disklarni xavfsiz sug‘uriladigan qilib sozlaymiz

  1. Kundalik ish uchun kerakli dasturlar

Kompyuter yoki noutbukda ishlashda sizga qo‘shimcha dasturiy ta’minot mahsulotlari ham zarur bo‘ladi.

  1. A) Matnli fayllar bilan ishlashga Microsoft Office qulay; aslida u pulli, ammo bizda ko‘pchilik uning litsenziyasiz versiyalaridan foydalanadi. Biroq funksiyalariga ko‘ra undan qolishmaydigan, legal tarzda bepul bo‘lgan OpenOffice yoki LibreOffice kabilar ham bor.
  2. B) PDF-fayllar bilan ishlash: Sumatra yoxud SlimPDF.
  3. C) Arxivator: 7-Zip.
  4. D) Messenjer: Skype, Telegram, ICQ.
  5. E) Videolarni ko‘rish uchun: VLC.

Shulardan keraklilarini o‘rnatib olsangiz, bu – kompyuteringizda eng kerakli dasturiy ta’minot jamlanmasi bor, deganidir.

  1. Ortiqcha dasturlarning avtomatik ishga tushirilishini o‘chiring

Aynan shunisi – kompyuteringiz tezkorligini oshiradigan muhim qadamlardan biridir. Microsoft boshidanoq o‘rnatib tarqatgan ilovalarning hammasiyam sizga kerak emas. Ortiqchasining avtomatik yoqilishini cheklash uchun «Dispetcher zadach»ni ochasiz, «Avtozagruzka» varaqasiga o‘tasiz, keraksiz dastur ustiga sichqonchaning chap tugmachasi bilan chertib, ochilgan menyuchadan «Otklyuchit»ni tanlaysiz.

  1. Standart dasturlarni almashtiring

Windows 10 tizimli kompyuteringizda biror turdagi fayllar bilan ishlash uchun standart dasturlar belgilangan bo‘ladi. Masalan, internetga kirish uchun Edge turibdi, ammo siz boshqa, o‘zingizga qulayroq brauzerni asosiy qilib belgilashingiz kerak.

Buning uchun «Pusk» → «Parametri» → «Prilojeniya» → «Prilojeniya po umolchaniyu» qismiga o‘tasiz, uyog‘i o‘z ixtiyoringizda.

  1. Zaxira nusxalashni sozlash

Windows 10 talqinida zaxira fayli – bekaplarni davriy saqlashning o‘z tizimi mavjud. Siz esa uni sozlashingiz mumkin (va lozim ham).

Sozlash uchun «Pusk» orqali «Parametri»ga o‘tib, «Obnovleniye i bezopasnost»ni bosasiz. O‘ng tomonidagi «Slujba arxivatsii»ni, keyin esa «Dobavit disk»ni tanlaysiz. Shu yangi diskda zaxira nusxalari saqlanadigan bo‘ladi; ularning yaratilish davriyligini ham o‘zingiz tanlay olasiz.

Shular orqali yangi kompyuter yoki noutbukni o‘zingizga moslab olsangiz, unda ishlashingiz yanada qulay va maroqli kechadi.

O‘QING: Windows’ni fleshkaning o‘ziga o‘rnatib olib, istalgan kompyuterda ishga tushiramiz!