Windows 10 tizimini o‘rnatiluvchi ISO-fayl sifatida Microsoft rasmiy saytidan bepul ko‘chirib olamiz

  •   DiMaX
  •  2729
  •  02.05.2019 11:29

Windows 10 tizimini o‘rnatiluvchi ISO-fayl sifatida Microsoft rasmiy saytidan bepul ko‘chirib olamiz

Operatsion tizimlar va yirik dasturlar rasmiy kompakt-disklarda odatda ISO-fayl formatida taqdim etiladi. Eng ommaboplardan hisoblangan Windows tizimini aynan shu holida yuklab olishning bitta usuli haqida avval ham ma’lumot berganmiz.

O‘QING: Windows ISO-fayllarini ko‘chirib olishning eng oson yo‘li

WIndows 10 operatsion tizimining o‘rnatiluvchi ISO-faylini Microsoft korporatsiyasining rasmiy saytidan ham ko‘chirib olsa bo‘ladi, ammo buning sirini hamma ham bilavermaydi. Gap shundaki, rasmiy saytdan ko‘chiriladigan mana bu sahifaga Windows tizimli kompyuter yoki noutbukdan kirsangiz, u yerda ko‘chirib olish funksiyasi yo‘q, faqat «Yangilash» – «Obnovit» tugmachasi mavjud:

Bu yerdan WIndows 10 tizimining ISO-faylini yuklab olish uchun brauzeringizning «user agent»ini, masalan, iPad tarzida o‘zgartirishingiz kerak bo‘ladi. Ya’ni, shundan so‘ng saytlar sizni go‘yoki aypaddan kirayotgandek ko‘radi.

O‘QING: O‘zbekiston davlat idoralari saytlarida pornografik ma’lumotlar borligi aniqlandi

Ommabop Google Chrome brauzeri orqali saytlarga shunday kirish uchun «Shift+Ctrl+J» tugmachalar kombinatsiyasini qo‘llaysiz. Shunda ochiq sahifaning o‘ng tomonida qo‘shimcha panel, tepasida esa sahifaning qay tarzda aks ettirilishini sozlash belgichalari paydo bo‘ladi. O‘sha yuqoridagi «Responsive» yozuvi ustiga bosib, pastga ochilgan ro‘yxatdan «iPad»ni tanlaysiz, uning yonidan esa masshtabni 100% qilib qo‘yasiz. Ana endi boyagi sahifaga kirsangiz, ISO-faylni yuklab olish imkoni paydo bo‘lganini ko‘rasiz:

Shu joydan Windows’ning aynan qaysi versiyasini ko‘chirib olmoqchi ekaningizni tanlab tasdiqlaysiz, keyin ISO-fayl tilini, so‘ng esa 32 yoki 64 razryadli talqinini olmoqchi ekaningizni tanlab tasdiqlasangiz bas. Ko‘chirish o‘z-o‘zidan boshlanadi, faqat bu havola 24 soat ichidagina amal qiladi. ISO-faylni kompyuteringizga saqlab olasiz, keyin uni kompakt-diskka ko‘chirib, boshqa kompyuter va noutbuklarga o‘rnataverasiz!

O‘QING: «Fayl slishkom velik»: agar fayl fleshkaga ko‘chmasa nima qilamiz?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!