Windows 10 tizimini smartfonga o‘rnatib, uni mobil kompyuterga aylantirishdi! («jonli» video)

  •   DiMaX
  •  1105
  •  14.04.2020 15:26

Windows 10 tizimini smartfonga o‘rnatib, uni mobil kompyuterga aylantirishdi! («jonli» video)

Virtual mashinalar odatda kompyuter va noutbuklardagi operatsion tizim ustiga boshqasini o‘rnatib ishlatishda qo‘llanadi. UTM nomli shunday dastur yordamida esa qiziquvchilar Windows 10 tizimini hatto iPhone’ga ham o‘rnatishdi.

O‘QING: Kompyuter va noutbukda ishni qulaylashtiruvchi beshta bepul dastur

Dasturchilarning aytishlaricha, UTM ilovasi yordasida Windos va Linux operatsion tizimlarini iPhone hamda iPad’larda to‘laqonli ishlatish mumkin. Buni ular iPhone X rusumli smartfonda «jonli» tarzda ko‘rsatib berishdi:

Bunda jeylbrek yoki boshqa qo‘shimcha vositalardan ham foydalanishmagan; ayfondagi Windows 10 tizimida fayllar menejerini, sozlamalarni, Microsoft Office va hatto Paint dasturlarini ishga tushirishgan.

Bu kabi tajribalarning qanday natija berishi noma’lum, shu boisdan sizlarga uni sinab ko‘rishni tavsiya etmaymiz.

O‘QING: Video: atigi 500 dollarga haqiqiy iPhone X yig‘sa bo‘ladi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!