Windows 10 uchun eng zo‘r 22 ta antivirus: mutlaqo bepullari ham bor!

  •   DiMaX
  •  2129
  •  21.10.2020 11:42

Windows 10 uchun eng zo‘r 22 ta antivirus: mutlaqo bepullari ham bor!

AV-Test mustaqil tadqiqot kompaniyasi Windows 10 platformasi uchun eng samarador antiviruslarning yangi reytingini taqdim etdi. Ro‘yxatga nazar solsak, ayrim bepul dasturlar ham pullilaridan qolishmas ekan.

O‘QING: Pulli analoglaridan ham zo‘r oltita bepul dastur – tanishing va yuklab oling!

Shtab-kvartirasi Germaniyada joylashgan AV-Test kompaniyasi Windows operatsion tizimi uchun chiqarilgan antiviruslarni muntazam tarzda tekshirib boradi. Tadqiqotda ular dasturlarning uchta asosiy jihatini hisobga olishadi: ishlash tezligi, himoya darajasi va foydalanish qulayligi. Ekspertlarning hisoboti joriy yilning iyul–avgust oylarida to‘plangan ma’lumotlarga asoslangan.

Mutaxassislar aniqlashicha, ushbu tizim uchun AhnLab taqdim etgan V3 Internet Security dasturi eng yaxshi antivirus deb topilgan. Shuningdek, Avira, F-Secure, G Data, Kaspersky, McAfee va NortonLifeLock kabi kompaniyalarning mahsulotlari ham kuchli o‘ntalikka kirgan:

Shuningdek, Microsoft’ning o‘z mahsuloti – Windows 10 tarkibida bepul taqdim etilayotgan Defender ham kuchli o‘ntalikka kirgan. U har uchta talab bo‘yicha ham nomdor pulli dasturlar bilan bellasha olishini isbotlagan.

Microsoft Defender dasturining asosiy afzalligi – u operatsion tizim tarkibiga kirganligi bois butkul bepul va keyinchalik ham pulli asosda litsenziyani uzaytirishni talab etmaydi.

O‘QING: Windows 10 o‘rnatgandan so‘ng qilish shart bo‘lgan 7 ish

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!