Windows 10 uchun litsenziya olishga ulgurib qoling!

Windows 10 uchun litsenziya olishga ulgurib qoling!

Agar Windows 10 kompyuteringiz uchun litsenziyani onlayn xarid qilmoqchi bo'lsangiz, shoshilganingiz ma'qul - shu oyning 31-sanasidan boshlab Microsoft o'z veb-saytida Windows 10 litsenziyalarini sotishni rasman to'xtatmoqchi. Ma'lum bo'lishicha, Windows 10 operatsion tizimini Microsoft'ning rasmiy veb-saytidan yuklab olish sahifasiga quyidagi matn kiritilgan:

"2023-yil 31-yanvar Windows 10'ni yuklab olish uchun sotuvga chiqarilganining oxirgi kuni bo‘ladi. Windows 10 2025-yil 14-oktabrgacha shaxsiy kompyuteringizni viruslar, josuslik dasturlari va boshqa zararli dasturlardan himoya qilishga yordam beradigan xavfsizlik yangilanishlari bilan qo'llab-quvvatlanadi."

Xabar so'nggida Windows 11 uchun ham havola ham berilgan. Bu shuni anglatadiki, Microsoft endi o'zining rasmiy veb-saytida faqat Windows 11 uchun litsenziyalar sotadi. Biroq, bu siz endi kompyuteringizga o'rnatilgan Windows 10 operatsion tizimini litsenziya ololmaysiz degani emas. Joriy oy tugaganidan keyin ham siz Windows 10 uchun litsenziyani uchinchi tomon onlayn do'konlaridan sotib olishingiz mumkin bo'ladi.

Albatta, Windows 10 operatsion tizimini litsenziyasiz ham ishlatish mumkin, lekin bunda siz operatsion tizimni personallashtirish huquqidan mosuvo bo'lasiz.

O'QING: Qanday qilib Instagram akkauntni to‘liq o‘chirib yuborish mumkin?

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.