Windows 10 yangilandi, ammo uni o‘rnatmang – fayllaringizni o‘chirib yuboradi!

  •   DiMaX
  •  557
  •  05.10.2018 12:26

Windows 10 yangilandi, ammo uni o‘rnatmang – fayllaringizni o‘chirib yuboradi!

Kuni kecha Microsoft kompaniyasi o‘zining Windows 10 operatsion tizimi uchun navbatdagi yangi apdeytni chiqargandi. Unda bir qator o‘zgarishlar bilan birga, o‘ta jiddiy muammolar ham borligi aniqlandi.

O‘QING: Windows 10’da kompyuterni avtomatik tozalanib turadigan qilamiz!

Avvalo, ushbu yangilanish Skylake va undan keyingi avlod Intel protsessorlari bilan o‘zaro mos kelmay qolgan. Bu muammo Intel Display Audio drayveri bilan bog‘liq bo‘lib, protsessorga juda katta og‘irlik soladi. Natijada noutbuklarning avtonomligi – quvvatining yetish vaqti kamayib boradi.

Windows 10 yangilanishi bilan bog‘liq ikkinchi muammo esa ancha jiddiy. O‘z kompyuterlarining operatsion tizimini shu so‘nggi apdeyt bilan yangilab olganlarning bir qismida fayllar yo‘qolib qolgan. Eng yomoni – bu muammo ko‘pincha aynan standart «Documents» jildida uchramoqda. Ba’zi foydalanuvchilarda shu jild shunchaki bo‘shab qolgan, ayrimlarida esa uning ichida shaxsiy fayllar – hujjatlar o‘rniga Windows tizim fayllari paydo bo‘lgan. Ayrimlarda esa hatto operatsion tizim o‘rnatilgan diskdagi barcha jild fayllar o‘chib ketib, faqat tizim fayllarigina qolgan.

Shu bois, agarda Windows 10 tizimli kompyuter yoki noutbukingizni yangilamoqchi bo‘lsangiz, har ehtimolga qarshi, operatsion tizim o‘rnatilgan diskdagi barcha fayllaringizni boshqa diskka ko‘chirib turishni tavsiya etamiz.

O‘QING: Windows 10’dagi beshta «maxfiy», ammo foydali funksiya

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!