Windows 11 birinchi ommaviy beta-versiyada taqdim etildi (+havola)

  •   DiMaX
  •  639
  •  30.07.2021 09:55

Windows 11 birinchi ommaviy beta-versiyada taqdim etildi (+havola)

Joriy yilning 24 iyun kuni Microsoft korporatsiyasi Windows 11 operatsion tizimini namoyish etgan bo‘lsa-da, shu paytgacha uning faqatgina dasturchilarga mo‘ljallangan Dev preview versiyasi tarqatilib kelayotgan edi. Bugun – 30 iyulda esa kompaniya uni istagan foydalanuvchi sinab ko‘rishi mumkin bo‘lgan ilk beta-versiyada chiqardi.

O‘QING: Windows 11'dan millionlab odamlar foydalanadigan qulay funksiyani olib tashlandi

Windows 11 beta-versiyasini o‘rnatish uchun, avvalo, kompyuteringiz (yoki noutbukingiz) mana bu yerda ko‘rsatilgan talablarga javob berishi lozim. Keyin esa o‘zingiz mana bu havola orqali Microsoft’ning test dasturiga qo‘shilishingiz talab etiladi.

Agarda bungacha siz Windows 11 Dev preview versiyasini o‘rnatib olgan bo‘lsangiz, Beta-talqinga o‘tish juda oson kechadi – kompyuteringizni bittagina o‘chirib-yoqish kifoya.

Microsoft ta’kidlashicha, garchi Dev preview talqinlariga nisbatan barqaror bo‘lsa-da, Windows 11 Beta baribir yakuniy versiya emas. Shu boisdan unda xatoliklar, nosozliklar uchrashi turgan gap.

Windows 11 o‘rnatish uchun kompyuter yoki noutbukingizga qo‘yiladigan talablarga javob berishi aniq bo‘lgan Intel, AMD va Qualcomm protsessorlari ro‘yxatlarini taqdim etganmiz. Bundan tashqari, ASUS kompaniyasi o‘zi ishlab chiqarayotgan kompyuter ona platalaridan qaysilari yangi operatsion tizimni qo‘llab-quvvatlashini e’lon qilgan.

O‘QING: Windows 11’ga o‘tib ulgurmadingizmi? Microsoft esa allaqachon Windows 12’ni sinab ko‘ryapti! (+skrinshot)

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!